Iqtisodiyot fakulteti


O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Yüklə 121,41 Kb.
səhifə15/17
tarix23.09.2022
ölçüsü121,41 Kb.
#63992
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Ergashev Sunnatillo kurs ishi

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida quyidagi moddalar asosida aholini ish bilan ta'minlash, ularning huquqlari borasida aniq qilib ko'rsatilgandir:
37-modda
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
38-modda
Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi.
39-modda
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining 4.1-bandidagi Aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirish tamoyilini ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi Qonuni talablarini hamda “2017 yilda aholi bandligi dasturi” parametrlarini bajarish hamda ishsiz fuqarolarni, yoshlarni kasb-hunar kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash maqsadini, alohida qonunlarda o'z aksini yanada chuqurroq topgandir:


Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

  • aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

  • budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;

  • yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

  • mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

O’zbеkistоndа ishchi kuchi bаndligini оshirish vа аhоlini ijtimоiy himоyalаsh bоrаsidа dаvlаt tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn chоrа-tаdbirlаr nаtijаsidа yildаn-yilgа ish bilаn tа’minlаnish dаrаjаsi o’sib bоrmоqdа.
Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda respublikaning jami mehnat resurslari 18,5 mln kishini tashkil etib, shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil etmoqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular jami mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2017 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi. (4)

Yüklə 121,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin