Iqtisodiyot fakulteti


Agrobiznes va uning turlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/8
tarix21.12.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#76948
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu agrobiznes va uning turlari

Agrobiznes va uning turlari

Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, iroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda.
Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.
Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.  Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Demak, bu yil mamlakat agrar sohasida samaradorlikni keskin oshirish, bu borada barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solish yili bo‘ladi.
Shu o‘rinda, raqamlarga eʼtibor qaratsak, 2020-yil yanvar oyi holatiga O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari soni 92,6 mingtani, qishloq xo‘jaligi korxonalari soni 27,6 mingtani, dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklari soni 5 mln.tadan ortiqni tashkil etmoqda.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 3 foizi qishloq xo‘jaligi korxonalari, 26,9 foizi esa fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng katta ulush esa, dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklariga tegishli – 70,1 foiz.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — hisobot davrida fermer xo‘jaliklarida, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining jami qiymatini belgilab, qishloq xo‘jaligida yetishtirishning umumiy hajmini ifodalaydi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 249,8 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 123,6 trln. so‘mni (103,4 %), chorvachilik mahsulotlari – 126,2 trln. so‘mni (102,1 %) tashkil qildi.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin