Iqtisodiyot fanidan



Yüklə 481,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix05.04.2023
ölçüsü481,02 Kb.
#93409
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
iqtisod atoyev

4. To’lovlilik tamoyili. 
Bu 
tamoyil 
aylanma 
fondlarining 
doiraviy 
aylanishini, 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov 
resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari 
uchun kreditorga 
foiz 
shaklida 
to’lovni 
o’tkazadilar. 
Kreditning 
to’lovligi uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu 
bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. 
Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish 
sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan 
to’lov talab qiladi. (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno). 
Kreditning to’lovligi nafaqat banklar xo’jalik hisobi statusiga, shu 
bilan birga korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga 
rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. 
Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz 
oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd 
qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda 
uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi normasini o’rnatish 
jarayonida namoyon bo’ladi: 
huquqiy 
shaxslar 
foydasining 
va 
jismoniy 
shaxslar
daromadining taqsimlanishi


31 
ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi 
orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanishi; 
iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank 
mijozlarining pul mablag’larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar. 
Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad 
summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit 
resurslarining bahosi sifatida namoyon bo’ladi. 
Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli 
o’laroq kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning 
nisbatini o’zida aks ettiradi va u bir qator omillarga bog’liq bo’ladi: 
bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi ( inqiroz davrida ssuda foizi 
o’sadi va aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi); 
inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya 
o’sish sur’atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin); 
tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy 
bank orqali davlat kreditini tartibga solishning samaradorligi; 
xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit 
bo’yicha foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining 
oqib kelishiga olib keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko’rsatadi.); 
jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg’armalarining dinamikasi 
(ularning hajmi qisqargan holda ssuda foizi o’sadi); 
potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini 
aniqlab beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi; 
ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar 
mavsum davrida kreditlar bo’yicha foizlarni oshiradilar); 
davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan davlatning ichki 
qarzlari o’rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o’sishi bilan birga 
o’sibboradi). 

Yüklə 481,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin