27
2.3 Kreditlash tamoyillari
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga
tayanadi. Uning
asosiy elementlari
bo’lgan ssuda kapitali bozori
operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi.
Bu tamoillar
kredit
rivojlanishining
birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi,
keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z
aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega.
Bular kreditning qaytib berish, kreditning muddatliligi, kreditning
ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir.
Quyida biz
har bir tamoyilning mazmunini qisqacha tariflab o’tmoqchimiz.
Kreditni qaytib berish tamoyili
Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining
shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib
berish
o’z-o’zidan vujudga
kelmaydi:
u
moddiy
jarayonlarga,
qiymatning
aylanishining
tugashiga asoslanadi.
Ammo
aylanma
oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas,
faqat qaytarib berish
uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan
mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan
taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u
kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir.
Qiymatning qaytuvchi harakatida huquqiy tomoni ham muhimdir.
Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz
oluvchiga o’tmaydi.
Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgagina o’z egasi
qo’ridan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi.
Bo’sh turgan resurslarni akkumulyatsiya
qiluvchi banklar bu
resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi
mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi.
Qaytarib berish muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi.
28
Qaytarib berish ob’ektiv belgi hisoblanadi. kreditni qaytarib berishlilik tomoni
uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyadan farq
qilish imkoniyatini beradi.
Kreditdan
samarali
foydalanishi
asosidagi
qaytarib
berish-
butun
bank faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi.
Kreditning bu
tomoyili o’z amaliyot aksini kredit va undan foydalanganlik uchun foiz
summasini
kredit
bergan
muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan
to’lanadi, Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini
ta’minlaydilar. Bizning amaliyotimizda markazlashgan rejali iqtisodiyot
sharoitida kreditlashning «qaytarilmaydigan ssuda degan»
norasmiy
tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo’jaligining ko’p
tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasida keng tarqalgan edi. Kredit
davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga
olmagan holda berilar edi. O’zining iqtisodiy
mohiyatiga
ko’ra
qaytarilmaydigan ssudalar byudjet subsidiyasining qo’shimcha
shakli
sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas
kredit» tushunchasi bozor iqtisodi tamoyillariga yod bo’lib bunday
kreditning amaliyotda bo’lishi iqtisod uchun juda xavfli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: