Iqtisodiyot fanidan



Yüklə 481,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix05.04.2023
ölçüsü481,02 Kb.
#93409
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
iqtisod atoyev

 
 
 


35 
Xulosa 
Milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish sharoitida bank-moliya va sanoat 
sohasi taraqqiyotiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bunda iqtisodiyoti 
rivojlanayotgan mamlakatlar singari Oʻzbekistonda ham tijorat banklari 
resurslarini faol tarzda turli sanoat korxonalarining kapitallashuv darajasi va 
moliyaviy barqarorligini taʼminlashga jalb qilish muhim oʻrin tutadi. 
Bank tizimining rivojlanishi va barqarorligini oshirishning muhim shartlaridan 
biri banklarning 
oʻz mablagʻlari hajmini oshirish va kredit tashkilotlari 
tomonidan olingan xatarlarni oʻz kapitali bilan yetarli darajada qoplanganida 
namoyon boʻladi. 
Bu borada koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ijobiy amaliy 
natijalarga erishishga asos 
boʻlmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2018-yil 23-
martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori tijorat banklarini yangi infratuzilmalar bilan 
taʼminlash, raqamli texnologiyalarga asoslangan xizmat turlaridan foydalanishga 
keng yoʻl ochdi. 
Mamlakatimizda milliy toʻlovlar tizimi, naqd pulsiz hisob-kitoblar 
infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Shunga koʻra, 2019-yil 1-noyabrda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari 
toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishi ortidan yurtimizda toʻlovlarni uzluksiz 
amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, shu bilan 
birga, tizimning samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlashga imkoniyat 
yaratildi. 
2019-yil 5-noyabrda kuchga kirgan “Banklar va bank faoliyati 
toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar 
kiritish haqida”gi qonun Jahon banki koʻmagida ilgʻor xorijiy tajriba, 
umumeʼtirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqildi. Oxirgi besh 
yilda pul-
kredit siyosati sohasida islohotlar natijasida isteʼmol tovarlari hajmi 
sezilarli oshib, oʻzaro muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosat hamda tarif va 
notarif borasida salmoqli ishlar qilindi. Inflyatsion targetlashga bosqichma-


36 
bosqich oʻtishga tayangan holda Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani 
pasaytirishga qaratilgan qatʼiy pulkredit siyosati yuritilmoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga 
moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish 
toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakatimiz bank tizimida davlat ulushini 
bosqichma-bosqich kamaytirish, moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini 
yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning 
davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, xizmat koʻrsatishni modernizatsiya 
qilish, sohada samarali infratuzilma yaratish va avtomatlashtirish, shuningdek, 
ular faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bekor qilish orqali samaradorlikni 
oshirish vazifalari belgilab berildi. 
Ushbu farmonga muvofiq, “Ipotekabank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, 
“Asakabank”, “Aloqabank”, “Qishloqqurilishbank” va “Turonbank”ni 
xususiylashtirish boʻyicha qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, 2020-yilda 
“Oʻzsanoatqurilishbank” va YETTB oʻrtasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 
eksportyorlar, kichik va oʻrtabiznesni moliyalashtirish uchun 40 million dollar 
miqdorida kredit liniyasini jalb qilish yuzasidan kredit shartnomasi imzolandi. 
Bank anderrayting joriy etdi va bu kreditlash operatsiyalarini xodimlar 
ishtirokisiz amalga oshirishga oʻtdi. 
Mamlakatimizda 2016-yilgacha ichki valyuta bozori va naqd pul muomalasida 
mavjud muammolar yillar davomida inflyatsiyaning yuqori darajada 
shakllanishiga yoʻl ochishi bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirishga salbiy taʼsir 
koʻrsatib kelardi. Bu muammolarning bartaraf etilishi pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish va inflyatsiya darajasini pasaytirish uchun zamin yaratyapti. 
2017-yilga kelib, pul-kredit siyosatini rivojlantirishda inflyatsion targetlash 
rejimini joriy qilishga kirishildi. Mamlakatimizda narxlar barqarorligini 
taʼminlash maqsadida 2020-yildan inflyatsiyani targetlashning faol bosqichiga 
oʻtilib, 2021-yilda inflyatsiya darajasini 10 foiz, 2023-yilda esa 5 foiz darajadagi 
doimiy inflyatsion targetgacha pasaytirish vazifasi qoʻyildi. Buning natijasida 


37 
inflyatsiya darajasini 2017-yil yakunidagi yillik 18,8 foizdan 2020-yil oxirida 
11,1 foizgacha pasaytirishga erishildi. 
Shuningdek, aholining bankomatlardan naqd pul yechib olish hajmi 2017-yilda 
98 milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilga kelib, 90 trillion soʻmga 
yetdi. Muomaladagi naqd pulning banklarga kelib tushish koʻrsatkichi 2017-
yildagi 27 foizdan 2020-
yilda 65 foizgacha koʻpaydi. Aholining naqd pul 
yechish imkoniyatini kengaytirish maqsadida bankomat va infokiosklar soni 4,9 
mingtadan qariyb 12,7 mingtaga yetkazildi. Hududlardagi chakana savdo va 
pulli xizmatlar koʻrsatish shoxobchalari hamda bank infratuzilmalariga 
oʻrnatilgan toʻlov terminallari soni 2017-yildagiga nisbatan 2 barobar koʻpayib, 
2021-yil oktyabr holatiga umumiy soni 435 mingtadan oshib ketdi. Tijorat 
banklari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun bank kartalarining 
umumiy soni 2017-yildagiga nisbatan 1,3 barobar ortib, 2021-yilning 1-oktyabr 
holatiga qariyb 25,2 million donani tashkil etdi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun valyuta sotib olishi va 
sotishi uchun toʻliq imkoniyatlar eshigi ochildi, tovarlar (ish, xizmatlar) 
eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik 
shaklidan qatʼi nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor 
qilindi. Buning natijasida yuridik shaxslar tomonidan ichki valyuta bozorida 
sotib olingan xorijiy valyuta hajmi 2020-yilda 2017-yildagiga nisbatan 2,1 
barobar ortib, 20 milliard AQSH dollaridan oshdi. Jismoniy shaxslar tomonidan 
ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyutani sotish hajmi 2020-yilda 
2017-yildagiga nisbatan 5,3 barobar oshib, 4,6 milliard AQSH dollariga hamda 
xorijiy valyutani sotib olish hajmi 22 barobardan ziyod koʻpayib, 4,1 milliard 
AQSH dollariga yetdi. Mamlakatimizning oltin- valyuta zaxiralari hajmi 2021-
yil 1-sentyabr holatiga 35,4 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2017-yildagiga 
nisbatan 1,3 bar
obar koʻp boʻldi. 
Iqtisodiyotimizga ajratilgan kredit qoʻyilmalari hajmi 2017-yildagiga nisbatan 6 
barobar oshib, 2021-
yil yakuni boʻyicha 332 trillion soʻmga hamda uning 
YAIMdagi ulushi 20 foizdan qariyb 50 foizga yetishi kutilyapti. Aholini uyjoy 


38 
bilan t
aʼminlashning bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy etildi va 
ipoteka kreditlari ajratish tartibi soddalashtirildi. Tijorat banklari tomonidan 
2017-2020-yillarda jami 262,1 ming fuqaroga umumiy qiymati 32,1 trillion 
soʻm ipoteka kreditlari ajratildi. Koʻchmas mulk bozorida ipoteka kreditlari 
asosida sotilgan uy-
joylar sonining jami koʻchmas mulk oldi-sotdisidagi ulushi 
2017-yildagi 22 foizdan 2020-yilda 34 foizgacha oshdi. 
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklari 
tomonidan aholining daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanishi 
hamda kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 
imtiyozli shartlarda kreditlar ajratishning aniq tizimi joriy etildi. Soʻnggi 4 yil 
davomida qar
iyb 934 mingdan ortiq oilaga 23 trillion soʻm miqdorda shunday 
kredit ajratildi. 
Kreditlarning real oʻsishi yiliga oʻrtacha 38,6 foizni tashkil etdi. 2021-yil 1-
yanvar holatiga koʻra, iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar miqdori 277 trillion 
soʻmni tashkil etib, uning umumiy hajmi 2017-yildagiga nisbatan 150 foiz 
oshdi. 

Yüklə 481,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin