Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu


Milliy-tarixiy yodgorliklarni rivojlantirish va ularni Jahon miqyosida tanitish



Yüklə 38,44 Kb.
səhifə3/3
tarix19.04.2023
ölçüsü38,44 Kb.
#100340
1   2   3
FERUZBEK KURS ISHI

2. Milliy-tarixiy yodgorliklarni rivojlantirish va ularni Jahon miqyosida tanitish
Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy merosini saqlash va muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim ilmiy tadqiqotlar muxofaza etiladi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi, asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxsiy kolleksiyalar natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793). 19—20-asr boshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954-yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan. . Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi bilan Xalkaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi. Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. 1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish Bosh boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qadimiy davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qadimiy cholgʻu asboblarini yigʻish, saqlash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12 oktabr).
Yüklə 38,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin