Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan materiallar narxi oshganligi uchun



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə26/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158
Mikroiqtisodiyot

13. X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan materiallar narxi oshganligi uchun:
a) egri talab chizig’i yuqoriga (o’ngga siljiydi);
b) egri taklif chizig’i (chapga siljiydi);
v) egri talab va taklif chiziqlari yuqoriga siljiydi;
g) egri taklif chizig’i pastga (o’ngga siljiydi);
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
14. Qaysi ibora insonlarning biror bir tovarni sotib olish uchun imkoniyat va xohish borligini anglatadi.
a) ehtiyoj;
b) talab;
v) zaruriyat;
g) xohish;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
15. Tovar mahsulotiga bo’lgan talab va taklif ko’paysa, u holda:
a) narx ko’tariladi;
b) tovarning umumiy hajmi oshadi;
v) narx mo’tadil qoladi;
g) jamiyatning farovonligi oshadi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
16. Agar tovar bahosi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan past bo’lsa, u holda:
a) tovar ortiqchaligi paydo bo’ladi;
b) taqchillik yuzaga keladi;
v) ishsizlik ko’payadi;
g) muvozanat holat ta’minlanadi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
17. Talab hajmiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko’rsatmaydi?
a) iste’molchilar daromadi;
b) to’ldiruvchi tovarlar narxining o’zgarishi;
v) resurslarning narxi;
g) iste’molchilar soni;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
18. Taklif qonuniga ko’ra, boshqa omillar o’zgarmas bo’lgan sharoitda tovar narxining ko’tarilishi:
a) taklifning oshishiga;
b) taklifning pasayishiga;
v) taklif hajmining oshishiga;
g) taklif hajmining pasayishiga olib keladi;
d) to’g’ri javob yo’q.
19. Tovar mahsuloti bahosining pasayish sabablariga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko’rsatgan?
a) xususiy tadbirkorlik uchun soliqlarning ko’tarilganligi;
b) iste’molchilar daromadining ko’tarilganligi;
v) ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;
g) to’ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi;
d) to’g’ri javob yo’q.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin