Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə39/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Xedjirlashtirish - bu operatsiya bo’lib, unga ko’ra fyucherslar bozori va opsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o’zgarishi bilan bog’liq tavakkalchilik (yo’qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.
Tavakkalchilik bilan bog’liq aktivlar – aktivdan olinadigan daromad miqdori tasodifiy bo’lgan hol.
Ikki aktivdan iborat bo’lgan portfeldan kutiladigan daromad:
bunda: X – tavakkalchilik aktivining portfeldagi ulushi;
Rpportfeldan kutiladigan daromad;
Rn - tavakkalchilik aktividan kutiladigan daromad;
Rk - tavakkalchiliksiz aktiv daromadi.
Portfelning standart chetlanishi:
bunda: – tavakkalchilik aktiv daromadining standart chetlanishi:
Kapital aktivlariga narx belgilash modeli
bunda: - tavakkalchiliksiz bo’lgan daromad; - aktsiyaning tavakkalchilik darajasini fondlar bozori tavakkalchilik darajasiga nisbati; - kutiladigan bozor daromadi.
Portfel diversifikatsiyayasi – bir nechta tavakkalchilik aktivlar o’rtasida investitsiyani taqsimlash orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan usul.
1.Tadbirkorning jami mablag’i 20 mln so’mga teng. Agar tadbirkor daromadini tavakkalchilik aktivlarga tiksa 12% daromad olishi, tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalansa 6% daromad olishi mumkin. Investorning naflik funktsiyasi quyidagicha berilgan:
U=r-2σ2
Tavakkalchilik aktivlarning tavakkalchilik ko’rsatkichi 2% ga teng bo’lsa, portfelning optimal tarkibi va tadbirkorning maksimal daromadi aniqlansin.
Echimi:
a) Agar tadbirkor daromadining – x qismini tavakkalchilik aktivlarini olishga sarflagan bo’lsa, qolgan (1-x) qismini tavakkalchiliksiz aktivlarni olishga sarflaydi.
Tavakkalchilik va tavakkalchiliksiz aktivlarni kutilayotgan umumiy daromad r =12×x+6×(1-x)=12x+6-6x=6x+6 (1)
Tavakkalchilik aktivlaridan olinadigan foydaning dispersiyasi σx2=4  ga teng bo’ladi, o’rtacha o’lchovli kutiladigan foydaning standart chetlanishi x·2 bo’ladi ya’ni σ=2x  bundan x=σ/2 bo’ladi. (2)
(2) ni (1) ga keltirib qo’ysak r =6+6x=6+3σ. (3)
(3) ni naflik funktsiyasiga joylashtirsak U=6+3σ-2σ2 bo’ladi. Ushbu funktsiya ning maksimum nuqtasini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtirsak
Uo=3-4σ=0 bo’ladi. Bu yerdan σ0=0.75 ligini aniqlab formulaga qo’yamiz
r 0=6+3×0.75=8.25
Maksimal naflilik 8.25-2×0.752=7.12
Portfelning optimal miqdori r =7.12+2σ2
b) x=σ/2=0.75/2=0.375 demak tadbirkor daromadining 0.375 qismini tavakkalchilik aktivlarini olishga qolgan 0.625 qismini tavakkalchiliksiz aktivlarga sarflaydi.
Tavakkalchilik aktivlariga 20 mln×0.375=7.5 mln so’m sarflab undan 7.5 mln×0.12=0.9 mln so’m daromad oladi.
Tavakkalchiliksiz aktivlarga 20 mln·0.625=12.5 mln so’m sarflab, ulardan 12.5×0.06=0.75 mln so’m daromadga ega bo’ladi.
Umumiy daromad 20mln+0.9mln+0.75mln=21.65 mln so’mni tashkil etadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin