Jahon iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini vujudga kelish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Globallashtirish – bu xo’jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xo’jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bo’lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bo’ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xo’jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining ke skin kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bo’lgan mamlakatlarni jalb etish, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish, jahon iqtisodiy gomogenizatsiyasiga ba'zan izchil bo’lmagan (xo’jalik yuritish shakli va tizimlarining o’xshashligi, bir xilliligini kuchaytirish) yo’nalish. Yu.V.Shishkovning namunaviy ta'rifiga ko’ra, jahon xo’jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat
taqsimoti, balki ulkan xalqaro, ko’pincha butunjahon, Ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, globalmoliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog’i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotga aylana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, investitsiyalarning tarmoqli tuzilmasi, ishlab chiqarish va savdo tabiati xo’jalik hayoti sub'ektlari tomonidan global kon'yunktura hisobga olingan holda belgilanadi, iqtisodiy o’sishlar va tushishlar butunjahon miqyosini qamrab oladi. V.P. Kolesova tahriri ostida “Jahon xo’jaligini globallashtirish va Rossiyaning o’rni” nomli monografiyasida – internatsionallashtirishning butunjahon miqyosi – loballashtirishning mohiyatini anglatadi, deb tasdiqlangan (2002 g., str.7). Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xo’jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bo’yicha xalqaro bitimlarning turi, xajmi ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy o’zaro bog’liqligi” sifatida ta'riflaydilar. XVFning so’nggi ma'ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni-jahonda milliy iqtisodning, ususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba'zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli ko’rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi. Globallashtirishda hech qanday sir yo’q. U aqatgina asrlar davomida iqtisodiyotning barcha darajalarida – qishloq bozori, shahar sanoati, savdo, poytaxt fond birjalarida amal qilib kelgan aynan shu bozor kuchlari harakatini milliy chegaralari orqali o’tkazadi. Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi. Umuman mazkur o’quv qo’llanmada keltirilgan Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondashuv asosida Butunjahon banki Prеzidеnti Dj. Vulfеnsonning jahon xo’jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati to’g’risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va intеrnatsional birliklar esa bir-biriga qo’shilib kеtadi. So’nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib kеtishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznеs uslubimizni o’zgartiradi. Xususiy sеktor – xususiy kapital
oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kеlib, ushbu mamlakatlarning g’arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan bеsh marotaba ortib kеtayotgani, misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etib kеtdi. qashshoq mamlakatlarda tеzkor urbanizatsiya yuz bеrib, fuqarolik jamiyati vujudga kеlmoqda, dеmokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan
mahalliy darajaga bosqichma-bosqich o’tmoqda. Ushbu yo’nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli ko’rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Intеgratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar dеgradatsiyalanadi. Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan tеng huquqliligi
murakkablashib boradi”. Milliy iqtisodning iqtisodiy o’zaro aloqalarini kuchaytiruvchi nisbatan sеzilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish
atributi, asosiy muhiti еr sharining dеyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag’ni bir zumda o’tkazib bеrish imkoniyatini ta'minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog’i bo’lgan global moliya bozorini shakllantirish hisoblanishi ko’pincha ta'kidlab o’tiladi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (еvrobozorlar), shuningdеk, offshore moliyaviy bozorlarning ahamiyati ortib boradi. Globallashtirish davomida, ba'zi holatlarda kam yoki umuman rеal ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan, moliyaviy bozorlardagi inqirozli holatlarda esa ma'lum darajada zarar kеltiradigan moliyaviy kapitalning mamlakatlararo aralashishi hajmi va tеzligi ortib boradi.6 Moliyalarni globallashtirishda jahon xo’jaligida yuz bеradigan muvofiq o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi, aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chеgaralarini buzib o’tuvchi asosiy omil hisoblanadi2”