Iqtisodiy fan o’z ichiga bir butun fanlar tizimini oladi. Mazkur tizimda fanlar differenstiastiyasi (tabaqalanishi) va integrastiyasining uzluksiz jarayoni boradi,
ilmiy muassasa va olimlarning ixtisoslashuvi ro’y beradi.
Iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o’rinni barcha boshqa iqtisodiy fanlarning
nazariy va metodologik asosi hisoblangan iqtisodiyot nazariyasi egallaydi. Bu
fanlar iqtisodiyot nazariyasining xulosa va qoidalaridan iqtisodiyot va tarmoq
muammolarini hal etishga tatbiqan foydalanadilar. O’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning natijalaridan foydalangan holda, iqtisodiyot nazariyasi nazariy
xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va o’zining yanada rivojlanishi uchun zarur
materiallarga ega bo’ladi.
Hozirda iqtisodiy fanlarni to’rtta guruhga ajratish mumkin:
1. Iqtisodiyot nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari: siyosiy iqtisodiyot,
ekonomiks, umumiy (universal) iqtisodiyot nazariyasi.
2. Umumiy iqtisodiy fanlar: jamiyat iqtisodiy rivojlanishi tarixi, iqtisodiy
geografiya (yoki ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish), iqtisodiy statistika,
shuningdek, integrastiyalashgan fanlar – boshqarish va tartibga solish nazariyasi,
demografiya (nufus to’g’risidagi fan).
3. Funkstional fanlar: mehnat iqtisodiyoti, prognozlashtirish, moliya, pul
muomalasi, kredit, marketing.
4. Tarmoq fanlari: sanoat, transporta, qurilish, aloqa, qishloq xo’jaligi va h.k.
iqtisodiyoti. Shuningdek, bu fanlar qatoriga nisbatan yangi hisoblangan quyidagi
fanlarni ham kiritish mumkin: ta’lim, maishiy xizmat ko’rsatish, turizm
iqtisodiyoti va boshqalar.
6
Siyosiy iqtisod rivojlanishi hali past darajada bo’lgan, sostial ixtiloflar kuchli o’rin
egallagan jamiyatlar uchun zarur. Ekonomiks esa boy, postindustrial, sostial-sinfiy
tuzilma doirasidan chiqib bo’lgan jamiyat uchun ko’proq foydalidir. Universal
iqtisodiy nazariya jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarini qamrab oladi va
ifodalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi ta’riflab o’tilgan fanlar,
shuningdek sostiologiya
,
psixologiya, taix va boshqa fanlarning yutuqlarini hisobga oladi.
Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning turkumlanishi ilmiy bilimlarning vujudga
kelishi, rivojlanishi va takomillashib borishi jarayonini aks ettiradi, jamiyat
iqtisodiy munosabatlarining turli-tumanligi to’g’risida guvohlik beradi. Iqtisodiy
fan tabaqalashuvining jadallashuvchi jarayoni ham iqtisodiyot nazariyasi, ham
boshqa iqtisodiy fanlarga taalluqli bo’lgan bir qator metodologik muammolarni ilgari suradi. Ular qatoriga iqtisodiyot nazariyasi va tarmoq iqtisodiyoti fanlari
predmetining farqlanishi, ularning mazmunini tashkil etuvchi iqtisodiy
munosabatlarni aniqlash masalasi kiradi.
Har qanday fan singari iqtisodiy fan ham o’z vazifasi, predmeti va
mazmuniga
ega: vazifasi –
tizimni
modellashtirish; predmeti –
tadqiqot
ob’ekti; mazmuni – tadqiqot ob’ektining ichki tuzilishi. Iqtisodiyot nazariyasining
predmetini o’rganishda quyidagilarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir: tadqiqot
sohasi – iqtisodiy hayot yoki xo’jalik faoliyati amalga oshiriluvchi muhit;
tadqiqot ob’ekti – iqtisodiy hodisa; tadqiqot sub’ekti – inson, kishilar guruhi,
davlat; tadqiqot predmeti – «iqtisodiy odam», kishilar guruhi va davlatning hayotiy
faoliyati, ularning o’zlari mavjud bo’lgan iqtisodiy muhit bilan bog’liq holdagi
iqtisodiy xulq-atvorlari. Bunda iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi iqtisodiy
hodisalarni shunchaki bayon etish emas, balki ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro
bir-birini taqozo etishini, o’zaro shartlanganligini ko’rsatib berish, ya’ni iqtisodiy
hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini ochib berishdan iborat. Uning aniq
iqtisodiy fanlardan farqi shunda namoyon bo’ladi.
K.Makkonnell va S.Bryuning «Ekonomiks» darsligida iqtisodiy tahlilning
pirovard natijasi bo’lib prinstip (asosiy qoida) va nazariyalarning ishlab chiqilishi
hisoblanishi ko’rsatib berilgan. Iqtisodiyot nazariyasining vazifasi bo’lib dalil
(fakt)larni izohlash va umumlashtirish, ma’lum tizimga keltirish, ya’ni ular
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatib, yaxlit holga keltirish orqali dalillar
to’plamiga tartib va mazmun baxsh etish hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyot nazariyasi yaxlit fanni namoyon etadi.
Biroq, u X1X asrning oxiriga kelib ikki oqimga – siyosiy iqtisod va ekonomiksga
ajralib, ular tadqiqot vazifalarining qo’yilish xususiyatlari, predmeti va mazmuniga
ko’ra farqlanadi.
Bu erda anatomiya i fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan taqqoslash o’rinlidir
(Marks kapitalizm siyosiy iqtisodini burjua jamiyatining anatomiyasi va
fiziologiyasi deb ataganini yodga olish mumkin). Anatomiya yagona predmetga
(ichki tuzilish, tirik organizm tarkibiy tuzilmasi), yagona tadqiqot usuliga ega
bo’lgan yaxlit fanni namoyon etadi. Shu bilan birga yaxlit fan bo’lgan anatomiya
o’simliklar anatomiyasi va hayvonot olami anatomiyasiga ajralib, undan maxsus
bo’lim – odam anatomiyasi ajratib berilgan. Bundan tashqari, bu fanning boshqa
belgilar bo’yicha, masalan, tizimiy yoki tavsifiy anatomiya, turli hayvonlarning
o’zaro va insonga nisbatan o’xshashlik va farqlarini ko’rsatib beruvchi qiyosiy
anatomiya kabi bo’limlari ham mavjud. O’simliklar, hayvonlar va odam
anatomiyasi bir xil predmet va usulga ega bo’lgan yagona fanni tashkil etsa ham,
uning har bir yirik bo’limining predmeti va usuli, unda o’simlik, hayvonot yoki
odam anatomiyasi to’g’risida so’z borishiga qarab, o’z xususiyatiga ega bo’ladi.
Shunga o’xshab, tirik organizmdagi funkstiyalar va jarayonlar to’g’risidagi hamda
tirik organizmning hayotiy faoliyati qonunlarini ochib beruvchi yaxlit fanni
namoyon etuvchi fiziologiya ham hayvonlar fiziologiyasi va odam fiziologiyasiga
bo’linadi. Anatomiya va fiziologiyaning predmeti va usulidagi tafovutlar har bir
aniq fan o’rganuvchi tabiiy tizimlarning tafovutidan kelib chiqadi.
Xuddi shu kabi iqtisodiy fan ham iqtisodiy tizimning turli jihatlarini
o’rganadi:
a) siyosiy iqtisod – ishlab chiqarish munosabatlari tizimini;
b) ekonomiks – ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tizimini;
v) umumiy iqtisodiy nazariya iqtisodiy tizimni «tabiat – jamiyat» oqimi ko’rinishida tadqiq etadi. Uning «kirish» tomonidan tabiiy va mehnat resurslari
kelib tushadi, «chiqish» tomonidan esa ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq keluvchi
mahsulotlar chiqadi. Shuning uchun iqtisodiyot, bir tomondan, unda tabiiy
jarayonlarning maqsadga muvofiq joylashtirilishi ro’y bergani sababli tabiat
tizimining bir qismi hisoblansa, boshqa tomondan u ijtimoiy tizining bir qismi
hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq amal qilib, inson
stivilizastiyasining rivojlanishi uchun moddiy sharoitlar yaratadi. Har qanday
jamiyatda iqtisodiy tizimning mohiyati tabiiy resurslarni jamiyat tomonidan
iste’mol qilishga yaroqli bo’lgan moddiy ne’matlarga aylantirishdan iborat bo’ladi.
Iqtisodiy fanning turli yo’nalishlari tomonidan hal etiluvchi vazifalarning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqot predmetining xususiyati belgilanadi:
a) siyosiy iqtisodning predmeti bo’lib moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida kishilar o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi;
b) ekonomiksning predmeti bo’lib ishlab chiqarishni bozor jihatidan tashkil
etish asosida resurslarni samarali
taqsimlash maydonga tushadi
;
v) umumiy iqtisodiy nazariyaning predmeti bo’lib resurslarning
cheklanganligi sharoitida inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarishning rastional va samarali shakllarini tadqiq etish
hisoblanadi, ya’ni har qanday «izm»lardan xoli bo’lgan jamiyatdagi dolzarb
muammolarni hal etadi.
Bu uchta yo’nalish bir-biriga zid kelmasligi ma’lum. Ular o’rtasidagi farq
yagona vazifa – iqtisodiy tizimni ochib berish vazifasi doirasida mavjud bo’ladi.
Iqtisodiy fanning turli yo’nalishlari predmetining xususiyatlari ularning
quyidagi mazmunlari orqali yanada aniq namoyon bo’ladi:
1. Siyosiy iqtisod ishlab chiqarish munosabatlarini:
a) mulkchilik munosabatlarini;
b) ijtimoiy ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlarni;
v) jamiyat iqtisodiy rivojlanishi qonunlarini tadqiq etish orqaliochib beradi.
2. Ekonomiks:
a) tovarning bozor narxini belgilab beruvchi qonuniyatlar, sabab va
omillarni;
b) narx tashkil topishining bozor mexanizmini;
v) o’zini o’zi tartibga soluvchi tizim sifatidagi bozorni tadqiq etish orqali asosiy masalani hal etadi, uni tashkil etishning asosiy prinstiplarini ishlab chiqadi.
3. Umumiy iqtisodiy nazariya o’z predmetini:
a) cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini;
b) moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish
jarayonida kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini;
v) iqtisodiy o’sishning qonuniyatlari va omillarini tadqiq etish orqali
o’rganadi.
Iqtisodiy nazariyaning umumiy vazifalari, predmet iva mazmuni doirasida
har bir aniq iqtisodiy fan o’zining ma’lum vazifalarini hal etadi.
Iqtisodiy fanning vazifasi, boshqa har qanday fanniki singari faktlarni
to’plash, ularni tizimga solish va ulardan xulosa chiqarishdan iborat. «Kuzatish va
bayon etish, aniqlash va turkumlash, deb yozadi Shmoller, bular faqat tayyorgarlik
ishlari xolos. Biroq biz bular orqali erishishga intilayotgan narsa iqtisodiy
hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini bilishni namoyon etadi» (A.Marshall.
«Prinstipы politicheskoy ekonomii», t.1, kn.1, s.85, «Progress» 1983g.).
Boshqacha aytganda, iqtisodiy fanning vazifasi bo’lib iqtisodiy qonunlarni ochib
berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv
bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy
fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy
qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq
qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida
namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning
amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik,
o’tish tavsifiga ega bo’ladi.
Siyosiy iqtisod va ekonomiksdagi qonunlarni tushunishda tafovut mavjud.
Agar siyosiy iqtisod iqtisodiy qonunlar yordamida ishlab chiqarish munosabatlarining mohiyatli jihatlarini ochib bersa (ya’ni, tadqiqot chuqur
mohiyat darajasida amalga oshirilsa), ekonomiks yuzaki iqtisodiy jarayonlar bilan
ish olib borib, qonunlarning o’zini emas, balki ularning namoyon bo’lish
shakllarini tahlil qiladi, ya’ni rivojlanishning ma’lum tendenstiyalari va
qonuniyatlarini aniqlab beradi. Jumladan, P.Samuelson shunday yozadi: «Bizning
qonunlarimiz faqat o’rtacha holatda amal qiladi, bu o’rtacha atrofida ahamiyatli
darajada tebranadi, ular ehtimollar qonuni hisoblanadi».
1
Bu erda so’z mohiyatiga
ko’ra qonuniyatlar va tendenstiyalar haqida boradi.
K.Makkonnell ham «qonunlar», «prinstiplar», «nazariyalar» va «modellar»
singari tushunchalar sinonim sifatida qo’llanilishi, chunki ular individ va
institutlarning iqtisodiy xulq-atvoridagi qonuniyatlarni umumlashtirilishi va qayd
qilinishini aks ettiradilar. Ekonomiks kamyoblik qonuni, samaraning pasayib
borishi qonuni, talab qonuni, daromadning pasayib borishi qonuni, so’nggi
qo’shilgan naflilikning pasayib borishi qonuni va shu kabi qonunlar bilan ishlaydiki, bularning barchasi tendenstiya sifatida namoyonbo’ladi. Iqtisodiyotning chuqur jarayonlari bilan yuzaki jarayonlari tahlilining uyg’unlashuvi iqtisodiyot nazariyasini faqat boyitadi. Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga
ajratadi:
1. Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida
amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni,
takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab
chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k.
2. Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal
qiladi. Masalan, qiymat qonuni.
3. Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi.
Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
4. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar.
Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi.
Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish
munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi A.Marshall: «Fan o’z qonunlarining soni va aniqligini oshira borib, ularni
tobora qattiq tekshiruv ostiga olib, oldinga intiladi. Bu holat to yagona, asosiy qonun uning qisman namoyon bo’lishini ifodalovchi bir qator nisbatan tor
qonunlarni to’liq qamrab olgungiga va almashtirgunga qadar davom etadi»
2deb yozadi. Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalarorqali namoyon bo’ladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish va ulardan foydalanishiqtisodiyot nazariyasining tub muammosi hisoblanadi. Bu ko’p qirrali muammolar bir qator murakkab masalalarning hal etilishini taqozo etadi:
1. Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi alohida iqtisodiy qonunlarning
ochib berilishi va tadqiq etilishi, ular tizimining aniqlanishi. Iqtisodiy qonunlarni
bilish jarayoni, har qanday boshqa bilish jarayoni singari, cheksizdir. U yangi
qonunlarni ochib berish, aniqlangan qonunlar doirasini kengaytirish bilan birga ularning mazmunini yanada chuqurroq ochib berishga yo’naltirilgan. Ayniqsa,
ularning ichki mantiqini, koordinastiya va subordinastiyasini ochib berilishi katta
ahamiyat kasb etadi.
2. Iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish shakli, ularning o’zaro aloqasi,
harakati va o’zaro ta’sirining namoyon bo’lish shakllarini tadqiq etish. Busiz
iqtisodiy qonunlar tizimini ochib berish, ulardan foydalanish yo’llari, shakllari va
usullarini aniqlash mumkin emas. Bu, xususan, umumiy va maxsus qonunlarning nisbati to’g’risidagi masalaning aniqlab berilishini talab etadi.
3. Iqtisodiy jarayonlarda ob’ektivlik va sub’ektivlikning nisbatini to’g’ri
tushunishni taqozo etuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilishi, ulardan
ongli ravishda foydalanish mexanizmini ochib berish.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari
aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil
etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv
hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik
yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi
tarkib topadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini
tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish
munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni
(kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek,
iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan.
Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.