Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə5/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro 
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga 
tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama 
yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l 
qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, 
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 

 3. Iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiy siyosat Oʻzbekiston iqtisodiy siyosati Oʻzbekiston davlat iiqtisodiy siyosatining ustivor yoʻnalishlari. 
 Oʻzbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro foydali munosabatlarni 
rivojlantirishdan manfaatdor boʻlib, asosiy tashqi siyosiy harakatlarini 2017 — 
2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim sohalarga qaratgan. 
Mazkur hujjat mamlakatning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim 
ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi: 
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro 
munosabatlarning toʻlaqonli subyekti sifatida oʻrni va rolini yana-da 
mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, Oʻzbekiston 
1[5]
Бу усулнинг назарий ва амалий аҳамияти проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова томонидан чиқарилган 
«Инновационные методы
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va doʻstona qoʻshnichilik munosabatlar mintaqasini 
yaratish; 
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo 
hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida obyektiv axborotni yetkazish; 
- Oʻzbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining meʼyoriy-
huquqiy bazasini, shuningdek xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini 
takomillashtirish; 
- Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish 
masalalarini tartibga solish. 
Umuman, Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari 
barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi 
oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va koʻp tomonlama oʻzaro 
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. 

Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin