Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə6/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

Eng muhim asoslar 
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 
Harakatlar strategiyasida koʻrsatilgan vazifalar doirasida boʻlib, xalqaro maydonda 
aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy 
qadamlarda oʻz aksini topmoqda. 
Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, 
Fransiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan 
koʻp qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy 
hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yoʻl xaritalari” tasdiqlangan. 
Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy 
manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan 
aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur oʻylangan 
tashqi siyosiy yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Tabiiyki, yangi ustuvor yoʻnalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy 
boshqarma tuzilishining tubdan isloh qilinishini talab etdi. Tashqi ishlar vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etildi, Belarus va Oʻmonda vakolatxonalar, Rossiya va Qozogʻistondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik  faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi. Xalqaro maydondagi hamkorlik ilgʻor dunyo tajribasini oʻrganish, xorijiy 
mamlakatlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish orqali Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu 
mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga oʻz 
hissasini qoʻshadi. 
Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan 
savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilgʻor 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini 
kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi. 
Natijada 2019-yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi oʻsdi. 
Ularning hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu 2018-yildagiga nisbatan 3,7 
baravar koʻproqdir. 
Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, Covid-19 tarqalishini 
toʻxtatish bilan bogʻliq barcha murakkabliklar va cheklanishlarga qaramay, 
Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd. dollar, shu 
jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. 
Bunga soʻnggi 10 yil ichida birinchi marta mamlakatning Iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish tashkilotining kredit xavfi reytingidagi pozitsiyasi yaxshilanganligi 
sabab boʻldi. 
Jahon banki “Biznes yuritish” reytingida mamlakat 7 ta pozitsiyaga 
koʻtarildi va biznesni roʻyxatdan oʻtkazish koʻrsatkichi boʻyicha 190 ta davlat 
orasida 8-oʻrinni egalladi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar safiga kiritildi. 
Dunyodagi eng obroʻli jurnallardan biri – “Economist” (Buyuk Britaniya) 
Oʻzbekistonni yil mamlakati – 2017-yildan eʼtiboran islohotlar eng jadal surʼatlar 
bilan amalga oshirilayotgan davlat sifatida eʼtirof qildi. 
Oʻzbekiston 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni va 57 ta davlat fuqarolari 
uchun soddalashtirilgan vizali rejimni joriy qildi. Oʻtgan yilda mamlakatga 
6,7 mln. xorijiy turist keldi — bu 2016-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 
4,7 mln. yoki 3,3 baravar koʻproqdir. 
Oʻzbekistonning amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosati xalqaro 
hamjamiyat tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, AQSHdagi Gudzon 
instituti Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Richard Vays fikricha, 
Oʻzbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslari butun Markaziy Osiyo uchun yangi 
imkoniyatlarni ochmoqda. Respublika mavjud muammolarni birgalikda hal qilish 
gʻoyasidan iborat kun tartibini ilgari surmoqda. 
Rim geosiyosiy tadqiqotlar instituti (IsAG) Yevrosiyo dasturi ilmiy 
xodimi Fabrissi Viyelmini qayd etishicha, uzoq vaqt regional jarayonlardan chetda 
boʻlgan Oʻzbekiston bugungi kunda yangicha harakat qilmoqda. Mintaqa yuragi 
hisoblangan Toshkent Markaziy Osiyoda barqarorlashtiruvchi davlat tabiiy rolini 
oʻziga qaytarib olmoqda. 
Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy 
xodimi Andrey Grozin ham hozirgi paytda Markaziy Osiyoda davlatlararo 
munosabatlar tizimi shakllanayotganligiga eʼtibor qaratadi. Uning soʻzlariga 
qaraganda, soʻnggi vaqtda Toshkent turli xil yoʻnalishlar boʻyicha yuqori faollikni 
namoyon qildi. Mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarda sezilarli 
sogʻlomlashish belgilari yaqqol ifodalanmoqda. 
Toshkent tashqi siyosiy yoʻnalishining yangi qadami afgʻon yoʻnalishidagi 
faollashuvdan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan ikki tomonlama 
aloqalarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgʻon muammosini hal qilish boʻyicha 
koʻp tomonlama harakatlarga faol qoʻshildi. 
Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi ikki 
tomonlama munosabatlarda “ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar va 
amaliy hamkorlikning sifat jihatdan yangi darajasini”, shu jumladan, Surxon —
Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori-Sharif — Hirot temir yoʻl qurilishi 
yirik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarni mustahkamlagan yirik 
voqea boʻldi. Termizda Afgʻoniston fuqarolari uchun Taʼlim markazi ochildi. 
Hozirgi vaqtga kelib, afgʻonistonlik 136 nafar talaba ushbu Taʼlim markazini 
bitirib, ulardan 96 nafari — oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha bakalavr 
diplomlarini olgan, 40 nafari — rus tili, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlik boʻyicha 
qisqa muddatli kurslarni tamomlagan. Bugungi kunda ulardan ayrimlari 
Afgʻoniston parlamentida, vazirliklari va muassasalarida ishlamoqda, mamlakat 
oliy taʼlim muassasalarida muallimlik qilmoqda, mustaqil biznesni yuritmoqda. 
Toshkent Afgʻoniston boʻyicha tinchlik jarayoni boshlanishiga muhim hissa 
qoʻshgan yuqori darajali «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik 
va regional oʻzaro munosabat» xalqaro konferensiyasining tashabbuschisi boʻldi va 
uni oʻtkazdi. 
Joriy yilning 24-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻzining 
Oliy Majlisga Murojaatnomasida yaqin yillarda mamlakatni modernizatsiya qilish 
boʻyicha strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan keng koʻlamli demokratik 
oʻzgartirishlar va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish masalalarini oldingi oʻringa 
olib chiqdi. 
Murojaatnomada tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy ustuvor yoʻnalishlari 
belgilangan. 2020-yil — “Ilm-fan, taʼlim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
yili” deb eʼlon qilinishi Oʻzbekistonda barcha sohalarda raqobatlasha oladigan 
jamiyat va infratuzilmani yaratish zaruriyatini alohida qayd etadi. 
Buning uchun, eng avvalo, ilgʻor xorijiy tajribadan, zamonaviy innovatsion, 
pedagogik texnologiyalar va ilmiy loyihalardan foydalanish, mamlakatning taʼlim 
va ilmiy-tadqiqotchilik muassasalari faoliyatini samarali oʻzaro muvofiqlashtirish 
asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, tashqi siyosiy va tashqi 
iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish talab 
qilinadi. 
Prezident tomonidan xorijiy tajribadan foydalanilgan holda fanni 
rivojlantirishga hamda xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni 
yoʻlga qoʻyishga ham katta eʼtibor qaratilgan. 
hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday 
yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qoʻllab-
quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish 
vazifalarining samarali hal qilinishini taʼminlashga qaratilgan. 
Yuqori darajali aloqalar tufayli Toshkent dunyoning yetakchi davlatlari bilan 
munosabatlarni tubdan yangi darajaga olib chiqdi. Rossiya Federatsiyasi bilan 
koʻp rejali strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib 
bormoqda. Hozirgacha tuzilgan strategik hamkorlik toʻgʻrisida, ittifoqchilik 
munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomalar, shuningdek, RF va Oʻzbekiston 
oʻrtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Deklaratsiya yangi 
mazmun bilan toʻldirilmoqda va amaliy tatbiq qilinmoqda. 
Oʻzbekistonning bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan teng 
huquqlilik, oʻzaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish 
tamoyillari asosida barqaror va oldindan bashorat qilinadigan tarzda rivojlanib 
borayotgan strategik hamkorligi sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarildi. 
Taraflarning kelgusi harakatlari strategik hamkorlikning oʻzaro foydali 
yoʻnalishlarini topishga qaratilishi kerak. 

Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin