Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə9/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

tashkiloti bilan faol oʻzaro hamkorlikdan ham manfaatdordir. Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari davlat boshqaruv institutlarini isloh qilish, sud-huquq va saylov tizimini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, transmilliy xavflar va tahdidlarga qarshi kurashishda konstruktiv oʻzaro harakatlarni rivojlantirish 
sohalaridagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan iborat. 
Mamlakatimizda 2019-yil dekabrda oʻtkazilgan parlament saylovlarida 50 ta 
mamlakat va 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi ishtirok qildi. 
Oʻzbekiston birinchi marta Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti 
Demokratik institutlari va inson huquqlari byurosining 316 kishilik tarkibidagi 
toʻlaqonli missiyasini qabul qildi. 
Mamlakatimiz xalqaro moliya institutlari va savdo tashkilotlari — Jahon banki, Xalqaro valyuta fondiOsiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, 
Jahon savdo tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni sifatli kengaytirish 
va takomillashtirishga eʼtibor qaratgan. Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki 
bilan hamkorlikning tiklanganligi muhim voqea boʻlib, buning natijasida ushbu 
institut tomonidan Oʻzbekiston hududlarida ijtimoiy ahamiyatli loyihalarning 
mablagʻ bilan taʼminlanishi tiklandi. 
Oʻzbekistonning xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorligi kun tartibida 
investitsiyaviy va amaliy muhitni yaxshilash, mamlakatning kredit reytingini 
oshirish, valyuta-kredit siyosatini takomillashtirish, bank-moliya sohasida milliy 
mutaxassislar malakalarini oshirish turibdi. 
Yakuniy maqsad — milliy iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishini 
jadallashtirish va uning raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun jalb qilinadigan 
xorijiy investitsiyalar va moliya mablagʻlari hajmini oshirish, mamlakatning 
eksport salohiyatini rivojlantirish va infratuzilmani takomillashtirish, turmush 
darajasini oshirish va aholining farovonligini taʼminlashdan iborat. 



Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin