Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi


Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi



Yüklə 119,69 Kb.
səhifə5/21
tarix09.11.2022
ölçüsü119,69 Kb.
#68142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi

1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo « bozor » va « bozor iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalasb, ba’zi adabiyotlarda sinonim sozlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollan uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlaming paydo boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldisotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo’lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmay, bir vaqtning ozida o'shajoyda almashuv jarayoni sodir boigan. Kcyinchalik tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-P-T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshiab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovarpul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham birbirlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘gridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita- bozor orqali sodir bo’la boshladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bog‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash;

  • sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;

  • to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik.

Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo'yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi. Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar ortasida taqsimlanib turadi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozoming boshqa ko‘plab qoshimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm ko’rinishida ifodalash mumkin (1.2-rasm) 1.2-rasm. Bozor vazifalari
Bozor turli xil vazifalami bajarsada, ular o‘zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, NyuYork bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (Ozbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiytexnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.

Yüklə 119,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin