GGEI reyting ko‘rsatkichi 2010-yildan boshlab e’lon qilina boshlangan bo‘lsa, oxirgi marta 2018-yilda jami 130 ta mamlakatlar bo‘yicha baholash natijalari taqdim qilingan.
Mazkur indeksda boshqaruv va iqlim o‘zgarishi (leadership & climate change); samaradorlik sektorlari (efficiency sectors); bozor va investitsiyalar (market & investment); atrof-muhit (environment) kabi 4 ta o‘lchov kategoriyalari bo‘yicha baholanadi.
Keyingi keng qo‘llanilib kelinayotgan ko‘rsatkich “Yashil” o‘sish indeksi (GGI) hisoblanadi. Ushbu indeks barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals), Parij iqlim bitimi majburiyatlari, Aichi bioxilma-xillik maqsadlari (Aichi Biodiversity Targets), shuningdek, resurslardan samarali va barqaror foydalanish, tabiat mulklarini himoyalash, “yashil” iqtisodiy imkoniyatlar, ijtimoiy qamrov kabi “yashil” o‘sish yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatlardagi holatni baholaydi.
“Yashil” o‘sish indeksi 4 ta maqsadli yo‘nalish, 16 ta kategoriyalar hamda 36 ta indikatorlardan iborat bo‘lib, doimiy tarzda hamda barcha davlatlarni qamragan holda yuritib kelinadi.
“Yashil” o‘sish indeksiga ko‘ra, Shvetsiya, Daniya, Chexiya va Germaniya kabi mamlakatlar eng yuqori “yashil” o‘sish ko‘rsatkichlariga ega. Eng quyida esa Zimbabve, Jazoir, Nigeriya va Niger kabi Afrika mamlakatlari o‘rin egallagan. MDH davlatlari ichida Gruziya, Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston mazkur reyting bo‘yicha yuqori o‘rindagi ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
O‘zbekiston Osiyo davlatlari ichida 33-o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatning mazkur indeksda “Ijtimoiy qamrov” (Social inclusion) hamda “Tabiiy kapital himoyasi” (Natural capital protection) ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshiroq bo‘lsa, “Resurslardan samarali va barqaror foydalanish” (Efficient and sustainable resource use),