83. Soliqlar tushunchasining mazmuni qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? a) soliqlar iqtisodiy tushuncha sifatida sof daromadning bir qismini ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb qilishning shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi;
b) soliqlar davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini majburiy, jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini esa ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir;
v) soliqlar davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini ixtiyoriy, jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini esa majburiy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
84. Soliq stavkasi qanday aniqlanadi? a) soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir;
v) soliq olinadigan daromad summasidan soliq summasi ayriladi;
g) soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga ko‘paytmasi;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
85.Byudjet - bu ..................... a) davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo‘ljallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari;
b) davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo‘ljallangan pul ifodasidagi sarf-xarajatlari;
v) davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo‘ljallangan pul ifodasidagi daromadlari;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
86. Inflyatsiya - bu ........ a) Milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishi;
v) eksportni importga nisbatan nihoyatda ortib ketishi;
g) muomaladagi pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pullarning ko‘payib ketishi;
d) barcha javoblar to‘g‘ri.
87. Deflyatsiya - bu........ b) milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishini bildiradi;
v) eksportning importga nisbatan nihoyatda ortib ketishini bildiradi;
g) narx-navoning pasayishini, pul qadrining ortishini bildiradi;
d) ijtimoiy mahsulotning pasayishi va ishsizlikning ko‘payishini bildiradi.