INTEGRATSIYA(lot. butun) - mustaqil xo’jalik faoliyatining tarmoq, mintaqa, milliy va xalqaro miqyosda o’zaro birlashib yaxlit xo’jalik shaklini tashkil etishi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sishi natijasida mehnat taksimotining chuqurlashuvi integratsiyani yuzaga keltiradi.
YAGONA IQTISODIY MINTAQA– erkinlashtirilgan maxsus iqtisodiy zona bo’lib, subyektlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, maxsus qabul qilingan qonunlar asosida tashkil etiladi. Bu zonada integratsiyalashuv yuqori darajada bo’lib, raqobat erkinlashtirilgan asosda amalga oshiriladi.