NARX BILAN КAMSITISh (DISКRIMINATSIYA) - bitta ishlab chiqaruvchi yaratgan bir xil mahsulot turini, turli xaridorlarga har xil narxlarda sotish. Masalan, biror bir monopolist o’zining mahsulotiga 10 so’m narx belgiladi, agar u shu mahsulotini 5000 donasini sotsa, u maksimal- foydani o’ziga ta’minlaydi. Ammo unda yana 1000 dona mahsulot bor. Endi u bu mahsulotni 10 so’mdan emas, balki 5 so’mdan sotadi va o’z foyda miqdorini yanada oshiradi. Bunda monopolist narx diskriminatsiyasidan foydalangan bo’ladi.
NARX YORDAMIDA RAQOBATLAShUV - narhlarni tushirish yordamida olib boriladigan raqobat kurashining turi, u raqobatchilardan mahsulot narxini pasaytira olishini talab etadi. Buning uchun esa tadbirkor - ishlab chiqarishini yangi texnika va texnologiya bilan jihozlashi, mehnatni ilmiy tashkil etish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirishga erishishi shart.
NARX INDEКSI - inflyatsiya darajasini, ya’ni ma’lum davrda narxlar qanday kattalikka oshganini ko’rsatuvchi ko’rsatkich. Narxlar darajasi indeks shaklda ifoda etiladi. U shu davrga ma’lum tovarlar va xizmatlar to’plamining jami narxi bilan baza yildagi tovar va xizmatlarining narxi o’rtasidagi nisbat bilan hisoblanadi. Boshlang’ich daraja «baza yil» hisoblanadi. Shu yil uchun baholar -indeksi har doim 100% teng bo’ladi.
Narxlar indeksi – inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanadi.
Bozor savatining bu yilgi narxi
Narx indeksi = –––––––––––––––––––––––––––––––– 100%
Baza yildagi bozor savatining narxi
NARX MEXANIZMI - narx signallari asosida resurslarni taqsimlash va foydalanish (qarang, bozor mexanizmi).
NARX OMILLARI - narxni shakllanishiga, uni o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: qiymat, raqobat, naflik, talab va taklif. Ular harakati bir yo’nalishda bormay narx darajasiga nisbatani qarama-qarshi ta’sir etishi mumkin. Ushbu omillardan biri narxni ko’tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatini pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi uni qimmatlashtiradi. Naflikni yuqori bo’lishi yuqori narxni taqozo etsa raqobat kurashi uni pasaytiradi.
NARXLAR JANGI – raqobatlashuvning narx vositasida olib boriladigan usuli.Uni olib borishdan maqsad mutassil yoki uzoq vaqt narxlarni pasaytirib borish orqali raqiblarni tarmoqdan siqib chiqarish.
Dostları ilə paylaş: |