IQTISODIY INQIROZ - ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida uzilishlar, nomutanosibliklarning yuzaga kelishi. Iqtisodiy inqiroz davrida ayrim tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning pasayishi yoki ko’tarilishi, ishsizlar sonining ortishi, ish haqining pasayishi, aholi turmush darajasining yomonlashuvi kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
IQTISODIY SIКL - doimiy ravishda bir qancha yillar davomida iqtisodiy faollikni birin-ketin ko’tarilishi va pasayishi. Iqtisodiy sikl iqtisodiyotni rivojlanish shakli hisoblanadi va uning asosini iqtisodiy inqirozlar tashkil etadi. Iqtisodiy siklning asosiy sababi ishlab chiqarishning doimo kengayishiga harakat qilishi va undan talabni orqada qolishi, buning natijasida iqtisodiyotdagi jami taklif va jami talab o’rtasidagi hamda asosiy kapitalga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanat buziladi. Iqtisodiy sikl 4 bosqichdan iborat tushkunlik, turg’unlik, jonlanish, yuksalish. (ushbu tushunchalarga qarang).