Iqtisodiyot nazariyasi


ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə165/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishi rivojlantirishning zarur shartidir.

Jamg'arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishda chiqarish sur'atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omilardir. Jamg'arish normasi bevosita jamg'arish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi


JN = (JF/MD) x 100,
Bunda, JN-jamg'arish normasi, JF-jamg'arish fondi MD-milliy daromad.

Jamg'arish normasining ham o'z chegarasi bo'lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddad tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag'lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o'rtasida nomutanosiblik paydo bo'ladi. Mablag'larning sochilib ketishi, obyektlarni barpo etish muddatlarining cho'zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma'naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko'payadi. Oqibatda iqtisodiy o'sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo'ladi.

Shunday qilib, jamg'arish fondi iqtisodiy o'sish sur'atlari va sifatiga faqat o'zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta'sir qo'rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o'ringa chiqadi.

Jamg'arish fondi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar, jamg'arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo'llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg'arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog'liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashi kamaytirish moddiy vositalarning o'sha miqdori mahsulotlarni ko'proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.

Jamg'garishning miqdori milliy daromaddagi jamg'arish va iste'mol fondlari o'rtasidagi nisbatga ham bog'liq bo'ladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin