Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Ists'mol va jamg'armapiig iqtisodiy mazmuni



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə161/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

1-§. Ists'mol va jamg'armapiig iqtisodiy mazmuni

hamda ularping o'zaro bog'liqligi
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy daromad iste'mol va iqtisodiy jamg'arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste'mol keng ma'noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste'mol qilib tugatishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste'mol farqlanadi.

Unumli iste'mol bevosta ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo'lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste'mol qilinishini, ya'ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.

Shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ruy berib, bunda iste'mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to'liq iste'mol qilinadi.

Iste'mol jarayonida turli xil moddiy va ma'naviy ne'matlardan foydalaniladi, Iste'mol qilinadigan ne'mat turiga bog'liq ravishda moddiy ne'matlarni va xizmatlarni iste'mol qilish ajratiladi.

Individual yoki jamoa bo'lib iste'mol qilish farkdanadi. Alohida oila yoki jamiyat a'zolarining ixtiyorida bo'lgan moddiy ne'matlarni iste'mol qilish individual iste'molga kiradi, jamiyat a'zolarining guruhlari moddiy ne'mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo'lib iste'mol qilishga kiradi.

Iste'mol fondi mablag'laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo'lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foqdalaniladi. U butun aholiniig shaxsiy iste'molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, milliy muassasalar va boshqarishdagi moddiy sarflarni o'z ichiga oladi.

Iste'mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimdar qo'liga kelib tushadigan qismi iste'molchilik sarflar maqsadida ishlatiladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin