Iqtisodiyot nazariyasi


-§- Jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə164/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

2-§- Jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg'arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy mlaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg'arishning amalda namoyon bo'lish shakli bo'lganligi sabab-dastlab tahlilni jamg'arishning mohiyati, omillari va samadorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.

Jamg'arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini aytirish uchun sarflanishiga aytiladi.

Amalda jamg'arish kapital mablag'lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil ish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash yangilashga qiliiadigan xarajatlarni ifodalaydi. Jamg'arish va kapital mablag' yoki "investitsion sarflar" tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag' yoki investitsiyalarning chegaralari jamg'arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya'ni eskirgan obektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, "jamg'arish" tushunchasi invetsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitaliing, shuning ehtiyot zahiralarining kengayishini ham anglatadi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg'arish -biridan farqlanadi. Jamg'arilgap mablag'larnipg moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanmalarlarini ksngaytirishga ketadigap qismi shplab chiqarish sohasidagi jamg'arip fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg'arish iqtisodiy o'sishning muhim omilidir. Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg'arish (noishlab chiqarish jamg'arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o'quv muassasalari, ma'daniyat, sog'liqni saqlash, sport muassasalari, ya'ni nomoddiy




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin