7-jadval
Iste'mol va jamg'arma darajasi, mln. so'm
(shartli ma'lumotlar)
Yillar
|
Daromad darajasi (D)
|
Iste'mol (I)
|
Jamg'arma (J)
|
IO'M
|
JO'M
|
IQM
|
JQM
|
1990
|
1500
|
1300
|
200
|
0,87
|
0,13
|
|
|
1993
|
1800
|
1500
|
300
|
0,83
|
0,17
|
0,67
|
0,33
|
1996
|
2200
|
1700
|
500
|
0,77
|
0,23
|
0,50
|
0,50
|
|
1
|
2
|
3 (1-2)
|
4 (2:1)
|
5(3:1)
|
6(2:1)
|
7 (3:1)
|
7-jadval ma'lumotlaridan xulosa chiqarib aytish mumkinki, birinchidan, aholi daromadining asosiy qismi iste'molga sarflanadi, qolgan qismi jamg'armaga ajratiladi.
Ikkinchidan, iste'mol ham, jamg'arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog'liq bo'ladi.
Aholi daromadining iste'molga ketadigai ulushi iste'molga o'rtacha moyillik deyiladi (IO'M).
Aholi daromadining jamg'armaga ketadigan ulushi jamrarmaga o'rtacha moyillik (JUM) deyiladi. Ya'ni:
Iste'mol jamg'arma
IO'M= ------------ x 100 va JO'M =------------- x 100
daromad daromad
Jadvalda keltirilgan har bir daromad darajasi bo'yicha IO'M va JUMni hisoblab ko'ramizki daromad ko'payib borishi bilan IO'M tushadi, JO'M esa o'sadi. Haqiqatda soliqlar to'langandan keyin qolgan daromad yoxud iste'mol qilinadi va yoxud jamg'armaga ketadi. Shu sababli daromadaning iste'mol qilinadigan va jamg'armaga ketadigan qismlari daromad har qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi. Qisqasi IO'M+JO'M=1,0 yoki 100% bo'ladi.
Daromad o'simining iste'mol qilinadigan qismi yoki hissasi iste'molga qo'shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki
Iste'moldagi o'zgarish
IKM = ------------------------------
Daromaddagi o'zgarish
Daromad har qanday o'sishning jamg'armaga ketadigan hissasi, jamg'armaga qo'shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya'ni JQM = jamg'armadagi o'zgarish daromaddagi o'zgarish.
Masalan, agar 1500 mlrd. so'm ni tashkil qiluvchi soliqlar to'langandan keyingi daromad 300 mlrd. so'mga ko'payib 1800 mlrd. so'mga yetsa (7-qator) daromadning shu o'sgan qismining 2/3 qismi iste'mol qilinadi va 1/3 qismi jamg'armaga ketadi. Boshqacha aytganda, IQM - 0,666 ni, JQM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddash har qanday o'zgarish uchun IQM va JQM yshindisi har doim I ga teng bo'lishi zarur yoki IQM JQM = 1.Bizning misolda 0,666+0,333= 1,0.
Shaxsiy daromaddan tashqari iste'mol va jamg'arm o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikka ta'sir ko'rsatuvchi boshqa bir qator omillar ham mavjud bo'ladi. Bu omillarning asosiylary quyidagilar:
- uy xo'jaliklari jamgargan boylik darajasi;
- narxlar darajasi;
- narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o'zgarishshshng kutilishi;
- iste'molchi qarzlari;
- soliq stavkalari o'zgarshpi
Dostları ilə paylaş: |