VALUTA-KREDIT MUNOSABATLARI
Ma'ruza rejasi
1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi.
2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmanshg rivojlanishi.
3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyanipg mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari. qiyosiy ustunlik nazariyasi.
4. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.
5. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari.
1-§.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari
va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Hozirga davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo'jalik regionlari o'rtasidagi o'zaro bog'liklarning o'sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo'jaligida har bir o'zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatnipg eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o'ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valuta moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog'liqchik obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo'lishidan qat'iy nazar, jahon xo'jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to'la qonli iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruxlarga bo'lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo'jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko'rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodida mavjud bo'lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo'yicha ham o'z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o'rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKBI), shu jumladan eng kambag'al mamlakatlar (Chad, Bayengladesh, Efiopiya), har xil regional itifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o'zaro iqtisodiy bog'liqlikning har xil jixatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo'jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynalminallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika revolutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o'z-o'zini ta'minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas.
Jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi shunday davrlarga to'g'ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o'sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvoxlik beradiki, xo'jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko'p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya'ni u milliy chegaradan o'sib chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo'yadi.
Milliy xo'jaliklar va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan jahon xo'jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Dostları ilə paylaş: |