Bozor mexanizmi bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg'unlashtirishni ta'minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor — ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo'ladigan munosabatlar yig'indisidir.
Bozor obyekti- bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.