Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə52/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

2-Jadval
Respublikada fermer xo'jaliklarining rivojlanishi

(har yilning yanvar oyida)





Ko'rsatkichlar

1993

1994

1995

1996

1997

1999

Soni (ming)

1,9

5,9

7,5

14,2

18.1

23,0

Umumiy maydoni (ming ga)

14

45

71

193

265

447

Ekin maydonlarining ulushi, %

0,3

1,1

1,7

4,6

6,6

11,3

Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirish dasturlariga asoslanib 1992 yildan boshlab o'tgan davr mobaynida mavjud 1137 davlat xo'jaligidan 1066 tasi mulkchilikning aksiyadorlik jamoa va ijaradagi korxona shakllariga aylantiriladi. Natijada qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning tarkibi mulkchilik shakllari bo'yicha ancha o'zgardi.

1994 yilda qishloq xo'jaligida davlatga qarashli bo'lmagan sektor butun mahsulotning deyarli 95% (1991 yil 63%) ni, 1998 yilda esa 98,7% ni ishlab chiqardi.

Qishloq xo'jaligining isloh qilishning keyingi yo'nalishi - bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug'oriladigan yerlarni shaxsiy xo'jaliklar va bog'-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo'li bilan aholini yer bilan ta'minlashdan iboratdir. Shu ko'rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdagi keskinlikka barham berishga va to'rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko'lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo'lindi.

Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun qo'shimcha 550 ming gektar sugoriladigan yer ajratib berildi, shaxsiy tomorqa uchun berilgan yerning umumiy maydoni 700 ming gekgarga yetdi. Natijada dehqon xo'jaliklarning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 yildaga 33% dan 1998 yilda 60,3%ga ko'tarildi.

Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo'nalishi - bu qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda xo'jaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash xuquqi beriladi.

Don mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash yo'li izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, paxta ekiladigan maydonlar esa tegashli ravishda qisqardi. Don yetishtirishni ko'paytirib borish (1994 yil 2,5; 1996 yil 3,5; 1998 yil 4,1 mln t.) uni chetdan keltirishni qisqartirish va qisqa davrda to'liq don mustaqilligiga erishish imkonini berdi.

Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichida xo'jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi.

Bunga dastlab umumdavlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahsulotlarga oqilona xarid narxlarini belgilash, keyinchalik mahsulotlarning ko'pchilik turlariga davlat buyurtmasini asta-sekin bekor qilish (1995 yildan faqat paxta va donga davlat buyurtmasi saqlanib qoldi) hamda qishloq xo'jalik korxonalarini qo'llab-quvvatlash (soliqlardan ozod qilish, kreditlarni qaytarish muddatini cho'zish va boshqalar) orqali erishildi.

Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g'oyat muhim yo'nalish — qishloq xo'jaligida band bo'lgan ortiqcha ishchi kuchini bo'shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko'rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o'zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo'lgan, qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq xunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin