4-§. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va bozor
iqtisodiyotiga o'tish sharoitida turli mulk
shakllarining iqtisodiy mazmuni
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan biri o'laroq, inson iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli hisoblaiadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o'zlashtirish jarayonida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari — bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkdorlik huquqining mulk egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o'zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo'lida bo'ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalapish bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo'llanilishidir. Mol-mulkdan foydalanish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy extiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish — bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro'y beradi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o'zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko'rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro'yobga chiqarilmasa, ya'ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik munosabatlari, uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib qo'yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Inson yaratgan moddiy va a'naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati ishchi kuchi va boqalar mulk obyekti hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo'g'in — bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdir. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo'lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo'ladi.
Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti jamiyatda ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqyeiga ega bo'lgan, mulk obyektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilaridir, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo'ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyektlari bo'lib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo'lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk obyekgi bo'lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xil-ma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb ta'kidlanadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulk davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatshp va matlubot sohalaridaga jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, mehnatkashlarning uy xo'jalish va shaxsiy tomorqa xo'jaligi xamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk va xususiy mulk shakllarini o'z ichiga oladi.
Shu sababli «O'zbekiston Respublikasining mulkchilik to'g'risida»gi qonunida mulkning turli-tuman shakllari sanab o'tilgan: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
Dostları ilə paylaş: |