Iqtisodiyot nazariyasi


-§. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo'llari va usullari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə60/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

5-§. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo'llari va usullari
Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sharti qo'p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchuch shart-sharoit vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiy maqsad mulkchilik masalasini hal qilshidir. Shu sababli respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi», deb alohida ta'kidlab ko'rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to'liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida aslida davlat chiqishi natijasida jamiyat a'zolari o'rtasida bu mulkni «hyech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb atash rasm bo'lgan edi.

Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o'tish davrida mulkchiliqda davlat sektorining salmog'i ancha yuqori bo'lgan mamlakatlarda bu mulkning ma'lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqishning davlatdan xususiy shaxslarga o'tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish esa xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko'zda tutadi.

U bir qator yo'llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatiga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo'yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fukarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim ochdi savdosi orqali sotish va h.k.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o'tkaziladi. O'z shakli va usulidan qatyiy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta'minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha shakllari va turlari rivojlanadi.



Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo'yib, jamiyatda faollik kursatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo'l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat.

Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishda qaytish yo'llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma'lum darajada xaqiqiy egalari fuqarolarga berish demakdir.

Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakaning o'ziga xos xususiyatlarini, maxalliy va milliy sharoitlarni, urf odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko'zda tutadi.

Ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo'nalishlaridir. Bu jarayon ma'lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, mehnat jamoalarining iqshsodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste'molchilar manfaatlariga ham zid bo'lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarshning ko'paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo'li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin