Iqtisodiyot nazariyasi


Valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar.Valyuta dempingi tushunchasi



Yüklə 149,93 Kb.
səhifə9/11
tarix30.05.2022
ölçüsü149,93 Kb.
#60105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5224614771105470308

3.Valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar.Valyuta dempingi tushunchasi.
Valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar juda ko’p, ularning ichida eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.
Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur'ati. Valyutalarni sotib olish qobiliyati bo’yicha bir biriga nisbatan o’lchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o’rtasidagi muvofiqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSh dollarining kursi Doych markaga nisbatan 2%ga o’sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa omillarning ta'siridadir.
Mamlakat to’lov balansining ahvoli valyutaga bo’lgan talab va taklifga, valyuta kursining darajasiga bevosita ta'sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og’ib ketishiga olib keladi. Mamlakatning aktiv to’lov balansi milliy valyuta kursining o’sishiga olib keladi, chunki xorijiy qarzdorlar tomonidan unga bo’lgan talab oshib boradi. Aksincha, passiv to’lov balansi esa milliy valyuta kursining pasayishiga olib keladi.
Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. Mamlakatdagi hisob yuritishning o’rtacha foiz stavkasini ko’tarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag’batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi.
Kapitallar ayniqsa "qaynoq" (chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar to’lov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi.
Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta'sir etadi. Operatsiyalarni amalga oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar.
Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta kursiga kon'yunktur ta'siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar.
Valyuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida bo’layotgan o’zgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga ta'sir ko’rsatadi.
Yevrobozorda u yoki bu valyutadan foydalanish darajasi uning kursiga bevosita ta'sir etadi. Masalan, 2000 yilgacha Yevrobanklar operatsiyalarini 70-75% AQSh dollarida amalga oshishi AQSh dollariga bo’lgan talab ko’lamini belgilaydi. Hozirgi kunda ushbu banklar operatsiyalarida asosiy o’rinni Yevro egallagan.
Yevrobozorda va Xalqaro hisob-kitoblarda muayyan bir valyutadan foydalanish darajasi. Masalan, muomalaga Yevro kiritilgunga qadar Yevrobanklar operatsiyalarining 60%i AQSh dollarlarida amalga oshirilgan va ushbu omil mazkur valyutaga bo’lgan talab hamda taklifni belgilagan. Valyuta kursiga undan xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi ham ta'sir etadi. Masalan, 90-yillarda AQSh dollari zimmasiga xalqaro hisob-kitoblarning 50%i, tashqi qarzdorlikning 70%i (asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlarning) to’g’ri kelgan. Shu sababli jahon baholarining, davlatlar qarzdorliklari bo’yicha to’lovlarning muntazam ravishda o’sishi dollar kursini, uni sotib olish qobiliyatini pasayishi sharoitida ham o’sishiga ko’maklashadi.
Valyutalar kurs nisbatlariga yana xalqaro to’lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham ta'sir etadi. Masalan, muayyan valyutaning pasayishini ko’zda tutgan holda qarzdorlar zarar ko’rmaslik uchun kontragentlarga bu valyutadagi to’lovlarini tezlashtirishga harakat qiladilar. Agarda valyuta qadrining ko’tarilishi kutilsa aksincha ushbu valyutadagi to’lovlarni amalga oshirishni kechiktirilishi kuzatiladi. Jahon bozoridagi bunday taktika "lidz end legz" nomini olgan va u mamlakat to’lov balansi hamda valyuta kursiga ta'sir etadi.
Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valyutasiga ishonch darajasi. Ushbu ishonch mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va siyosiy holat hamda yuqorida ko’rib chiqilgan valyuta kursiga ta'sir eta oladigan omillar bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda dilerlar iqtisodiy o’sish va inflyatsiyaning mazkur sur'atlaridan, valyutani sotib olish qobiliyatining o’sishidan, talab hamda taklifning o’zaro nisbatidan tashqari ularning dinamikasi istiqbolini ham hisobga oladilar. Ba'zida, mamlakatning savdo va to’lov balanslari holati yoki saylovlar natijalari to’g’risidagi ma'lumotlarni matbuotda chop etilishini kutish talab hamda taklifning o’zaro nisbatiga va valyuta kursiga o’z ta'sirini o’tkazadi. Ayrim holatlarda valyuta bozorida imtiyozli yo’nalishlar vazirlar iste'fosi haqidagi mish-mishlar singari va boshqa shu kabi siyosiy yangiliklar foydasiga o’zgaradi.
Agarda mamlakatning iqtisodiy holati jahonda yuqori baholanayotgan bo’lsa, unda uning valyutasi kuchli hisoblanadi va iqtisodiy jihatdan kuchsizroq hisoblangan davlat valyutasiga nisbatan yuqoriroq bahoda sotilishi mumkin.
Valyuta siyosati. Valyuta kursining davlat va bozor tomonidan muvofiqlashtirilishini o’zaro solishtirish uning dinamikasiga ta'sir etadi. Valyuta kursining valyutaga bo’lgan talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorlarida shakllanishi odatda kurs nisbatlarini keskin o’zgarishi bilan xususiyatlidir. Iqtisod, pul muomalasi, moliya va kredit holatining ko’rsatkichi hamda muayyan bir valyutaga bo’lgan ishonch darajasi bo’lmish aniq (real) valyuta kursi bozorda shakllanadi. Valyuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valyuta-iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko’tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda ma'lum bir valyuta siyosati amalga oshiriladi.
Shunday qilib, valyuta kursining shakllanishi - bu, milliy va jahon iqtisodiyotlari hamda siyosatlarining o’zaro munosabatlari bilan asoslangan murakkab ko’p omilli jarayondir. Shu sababli valyuta kursini prognozlashda yuqorida ko’rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar hamda ularni valyutalarning o’zaro nisbatiga bir xilda bo’lmagan ta'siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.


Yüklə 149,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin