Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli XIL oqimlarning roli. Reja



Yüklə 41,41 Kb.
səhifə1/7
tarix12.06.2023
ölçüsü41,41 Kb.
#128853
  1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI



Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli xil oqimlarning roli.

Reja:
1.Kirish …………………………………………………….……3-4
2.Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi……………5-8
3.Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va
rivojlanishida iqtisodiy ta’limotlarning o’rni va ahamiyati……..9-14


  1. Iqtisodiyot nazariyasida merkantilizm va fiziokratlar

oqimlarining asosiy fikr va g’oyalari…………………………...15-19
5. Neoklassik va monetarizm maktabi vakillarining
iqtisodiyot nazariyasiga bo’lgan qarashlari…………..………..20-26
Xulosa …………………………………………………….……..27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….…….28

Kirish
Mavzuni dolzarbligi 0‘zbekiston Respublikasi Prezident I.A.Karimov boshchiligida davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o'zining mustaqil taraqqiyot yo'liga asoslangan holda to'la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «Siyosiy mustaqillik — rivojlangan, o'zaro mutanosib, tolaqonli iqtisodiyot bilan mustahkamlanmas ekan, u bor-yo'g'i qumq, balandparvoz gaplar, soxta obro' orttirish vositasiga aylanib qolaveradi».1 Mustaqillik yillari davomida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, oldingi sotsialistik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi hamda Prezidentimiz aytganlaridek, «Awalambor, iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi»2. Ushbu davrda bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Hozirgi kunda esa, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish anialga oshirilmoqda. Eng muhimi, shu davr ichida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I .A. Karimov aytganlaridek, «Istiqlol mafkurasi ko‘p millatli 0 ‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishyoMidagi asriy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini o‘zida aks ettiradi». Qolaversa, ushbu davr mobaynida bozor munosabatlari hayotimizga, xo‘jalik faoliyatimizga chuqur kirib bormoqda va uning yangi-yangi qirralari namoyon bo'lib, ko'z o'ngimizda oydinlashmoqda, kishilarda bozor ko‘nikmalari, mulk egasi sifatidagi hissiyotlar yuzaga kelmoqda. Bu erishgan yutuqlarimiz natijasida shakllanib, rivojlanib kelayotgan milliy iqtisodiyotimiz ushbu asrda biz yashayotgan umumiy uyimiz, ya’ni yangilanayotgan vatanimizning hayotiy asosini, uning kelgusidagi taraqqiyot manbaini tashkil etadi. Bunday yangilanish jarayonida biz uchun ilgari uncha tanish boMmagan qonun-qoidalar, tushunchalar, xo'jalik yuritish mexanizmlari, usullari, tamoyillari kirib kelmoqda. Mulkdorlar, tadbirkorlar, sohibkorlar, tijoratchilar, aksionerlar, bankirlar, birja egalari va xodimlari, menejerlar, brokerlar va boshqa bozor iqtisodiyoti amaliyotchilaridan iborat yangi ijtimoiy guruh va qatlamlar shakllanmoqda. Lekin Prezidentimiz asarlaridan, ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Ko‘pgina korxonalarning zarar ko‘rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotga uchravotganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning, mulkdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, iqtisodiyotda ular ulushining kamligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin o'sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir


Yüklə 41,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin