Audit bunga vakolati bo’lgan shaxslar - auditorlar (auditorlik firmalar) tomonidan, xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliyaviy va xo’jalik operasiyalar Ыzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablarga muvofikligini, ularning to’liqligi va aniqliligining tekshirish demakdir. Shuningdek, audit tarkibiga konsalting, ya’ni mijozlarga shartnomaga asosan xizmatlar ko’rsatish ham kiradi. Auditning maqsadi – amaldagi qonunchilik, auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga soluvchi tizim, auditor va mijoz o’rtasidagi o’zaro shartnoma majburiyatlari bilan belgilanadigan aniq masalani yechishdan iboratdir. Auditorlik faoliyatining maqsadi - xo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotini ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik operasiyalarning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Auditning asosiy vazifasi - quyidagi maqsadlarga erishish uchun moliyaviy hisobotlarni tekshirishdir:
• hisobotlarning ishonchliligini tasdiqlash yoki ishonchsizliligini qayd etish;
• tekshirilayotgan davrda korxona faoliyati natijasida hisob va hisobotda xarajatlar, daromadlar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligini tekshirish;
• hisobni yuritish va hisobotni tuzish, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni baholash uslubiga oid qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
• xususiy va aylanma mablag’lar, moliyaviy zahiralar va qarz mablag’larning manbalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlash. Moliyaviy hisobotlar auditining asosiy maqsadi - bu ma’lum bir vaqtda korxona faoliyati natijasi bo’yicha hisobotda aktivlar, majburiyatlar, xususiy mablag’lar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligiga haqqoniy baho berish, korxonada qabul qilingan hisob siyosati amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish. Auditorlik tekshiruvi davomida balans, moliyaviy natijalar to’\risidagi hisobot to’g’ri tuzilganligi, tushuntirish xati ma’lumotlarining ishonchliligi tekshiriladi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:
• hisobotda barcha aktivlar va passivlar aks etilganligi;
• hisobot tuzishda barcha hujjatlardan foylanilganligi;
• amaldagi mol-mulkni baholash uslubi korxona hisob siyosatida qabul qilinganidan qay darajada farq qilishligi;
• foyda SOLIG’I va boshqa soliqlar bo’yicha soliqqa tortiladigan baza to’g’ri hisoblanganligi. Auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
• korxona mulkdorlari tomonidan Ustav kapitali hajmining o’zgartirganligi to’g’risidagi qarorlari to’liq bajarilganligi;
• balansning aktiv va passiv qismlari bo’yicha balans va tahliliy hisob ma’lumotlarining bir-biriga mos kelishligi;
• hisobotda debitorlik va kreditorlik qarzlar to’liq aks etilganligi. Auditorlik xulosasini tayyorlash jarayonida quyidagilar tekshirilishi lozim:
• korxonada amalga oshirilgan alohida xo’jalik operasiyalari qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq aks etilishi va mol-mulkni baholash tartibiga rioya qilinishi;
• daromadlar va xarajatlar hisobot davrlari bo’yicha to’g’ri aks etilishi;
• hisobda ishlab chiqarish bo’yicha joriy xarajatlar (aylanma chiqimlari) va kapital qo’yilmalar ajratilgan holda aks etilishi;
• har oyning 1-sanasiga tahliliy hisob ma’lumotlari aylanma va tahliliy hisob schetlari qoldiqlari bir biriga mos kelishligining ta’minlanishi. Asosiy maqsadga erishish va xulosa taqdim etish uchun auditor quyidagi masalalar bo’yicha o’z fikrini shakllantirishi lozim:
1) hisobotning umumiy qabul qilinishga mumkinligi, hisobot o’ziga nisbatan talab qilinadigan barcha shartlarga umuman muvofiqligi va bir biriga zid bo’lgan ma’lumotlar mavjud emasligi;
2) asoslanganligi (ko’rsatilgan summalar asoslangan ravishda hisobotga kiritilganligi);
3) yakunlanganligi (barcha kerakli bo’lgan summalar hisobotga kiritilganligi, xususan aktivlar va passivlarning barchasi ushbu kompaniyaga tegishli ekanligi);
4) baholash (barcha tabaqalar to’g’ri baholanganligi va xatosiz hisoblanganligi);
5) tabaqalashtirish (schyotda yozilgan summa asoslangan holda unda qayd etilganligi);
6) ajratish (balans tuzilgan sanadan oldinroq yoki bevosita ushbu sanadan keyin amalga oshirilgan operasiyalar amalga oshirilgan davrda to’g’ri aks etilganligi);
7) batartiblik (alohida operasiyalar bo’yicha summalar tahliliy hisob daftar va kitoblarida qayd etilganlarga muvofiqligi, ular to’g’ri raqamlanganligi, yakuniy summalar Bosh kitobda qayd etilgan summalarga muvofiqligi);
8) oshkoralik (barcha tabaqalashtirilgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotga kiritilganligi hamda hisobot va uning ilovalarida to’\ri aks etilganligi).