Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo’yicha)


Auditning turlari Audit ichki va tashqi auditga ajratiladi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/7
tarix14.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#113530
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi Raxmonov B

3. Auditning turlari Audit ichki va tashqi auditga ajratiladi.

Ichki audit boshqaruv nazoratining ajralmas va muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Yirik korxonalarda rahbariyatning yuqori bo’g’ini tashkilot faoliyati va quyi rahbariyat tizimi yuzasidan kundalik nazorat bilan shu\ullanmasligi oqibatida ichki auditga ehtiyoj vujudga keladi. Ichki audit aynan ushbu faoliyat to’g’risida ma’lumot beradi va menedjerlar hisobotlarining ishonchliligini tasdiqlaydi. Ichki auditning kerakliligi, asosan, zahiralar, kamomadini oldini olish va korxona ichida kerakli bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirishdan kelib chiqadi. Yirik korxonalarda ichki auditorlarning ma’lum vazifalarini boshbuxgalter yoki moliyaviy direktorga bo’ysungan buxgalteriya qoshidagi taftishguruhlari bajaradilar, lekin ichki auditorlarning vazifa doiralari kengroq va quyidagilardan iborat:


1) aktivlar holati yuzasidan nazorat qilish: rahbariyat tomonidan qarorlar qabul qilinishida foydalanadigan ma’lumot aniq ekanligini tasdiqlash;
2) ichki tizimga oid nazorat muolajalari bajarilishini tasdiqlash;
3) ichki nazorat tizimi samaradorligini tahlil qilish va ma’lumot ustidan ishlash;
4) boshqaruv ma’lumot tizimi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot sifatiga baho berish. Tashqi audit korxonalar buyurtmalari (shartnomalar)ga asosan mustaqil auditorlar, auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tashqi auditning xususiyatlaridan biri tekshiruvni amalga oshirayotgan auditorlar tekshiruv olib borilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektda hyech qanday manfaatga ega emasligidir, ya’ni: ta’sischi, mulk egasi, aksiyador, tekshirilayotgan iqtisodiy subyektning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotiga qo’yiladigan talablariga rioya qilinishi uchun mas’ul rahbar va boshqa mansabdor shaxslar emas hamda korxona rahbariyati bilan qarindosh (otasi, onasi, rafiqasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, o’g’li, qizi) va ular bilan xizmat yuzasidan aloqador emas. Agar auditorlik firmalari o’zlarining ta’sischilari, filiallari, vakolatlari bo’lgan iqtisodiy subyektlarni hamda ushbu iqtisodiy subyektga buxgalteriya hisobini yuritish, tiklash va moliyaviy hisobotini tuzishxizmatlarini ko’rsatsalar, ular tomonidan tashqi auditorlik tekshiruvini amalga oshirish mumkin emas. Yuqorida qayd etilgan jihatlarni yashirishauditorlik tekshiruvini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyani bekor qilinishi uchun asos bo’lishi mumkin. Tashqi auditni o’tkazishdan maqsad tekshirilayotgan iqtisodiy subyektning moliyaviy-xo’jalik holatini aniqlash va yillik moliyaviy hisobotini tasdiqlashdir. Shuningdek, tashqi audit shartnomaga asosan buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yilganligini yaxshilash, moliya samaradorligini oshirish, soliqqa tortish bazasi yuzasidan, tekshirilayotgan subyekt va uning segmentlari faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo’yicha bir qator tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin. Auditorlar yoki auditorlik firmalari tomonidan amalga oshirilgan tashqi audit natijalari tekshirilgan korxonaning hisobi, ichki nazorati holatlari, yillik hisoboti ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzish va taqdim etish yo’li bilan rasmiylashtiriladi.




  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin