(R/E) Aksiyalarning bozor qiymati va foyda miqdori nisbatini baholashga
asoslangan yondashuv dividend daromadi bo‘yicha baholash uslubiyotiga o‘xshash. Farq shundan iboratki mazkur yondashuv doirasida asosiy e’tibor dividendlarga emas balki foydani baholashga qaratiladi, ikkita o‘xshash kompaniya uchun R/E koeffitsienti miqdori bir xil bo‘ladi .
Misol 12.2
C plc va D Ltd kompaniyalar o‘lchami, faoliyat shakli, moliyaviy leverej va dividend qoplamasiga ko‘ra o‘xshash. C plckompaniya aksiyalari birjada kotirovka qilinadi, D Ltdaksiyalari esa — yo‘q. R/E koeffitsienti C plcuchun 12 ga teng; so‘nggi yillarda soliqlar to‘langandan keyin D Ltd har bir aksiyasiga to‘g‘ri keladigan yillik foyda 0,30 f. st ni tashkil qilgan. D Ltd aksiyalarining qiymati qanday?
Bajarilishi:
Quyidagini yodga olamiz:
R/E =aksiyalarning joriy bozor qiymati / soliqlar to‘langandan keyin har bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda
D Ltd (pD) aksiyalar qiymatini olamiz:
12 =pD/0,30
pD = 3,60 f. har bir aksiya uchun.
Ko‘rinib turibdiki dividend daromadi bzyicha baholashga deyarli barcha yondashuvlar mazkur yondashuv doirasida amal qiladi. R/E,koeffitsientini hisobga olish bilan bog‘liq yondashuv dividend siyosati muammosini aylanib o‘tadi.
Amaliyotda mazkur yondashuv qoidaga ko‘ra aktsioner kompaniya faoliyatini nazorat qilganda aksiyalarning nazorat paketini baholash uchun foydalaniladi.