Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining


Kichik kompaniyalarning bankrotligi



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə2/15
tarix16.05.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#114697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining

Kichik kompaniyalarning bankrotligi


Kichik kompaniyalarga nisbatan afsuslanarli dalil mazkur tarmoqdagi muvaffaqiyatsizliklar darajasi va omadsizliklardir. 2001-yilda Angliya banki kichik kompaniyalarning yashovchanlik statistikasini e’lon qildi. Bozordagi faoliyatining to‘rtinchi yili tugaganda faqatgina 42% yangi kompaniyalar yashab qolgan. Kichik kompaniyalarning bankrotlik chastotasi pasayishi, ular faoliyat davomiyligi oshishiga qaramasdan to‘rt yildan so‘ng ko‘pincha barcha kompaniyalar bankrotlik bilan to‘qnash keladilar. Bunday statistika EI ning boshqa mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Shunday tarzda bankrotlik amalda me’yoriy holat bo‘lib, u yangi kompaniyalar uchun muqarrar hodisa sanaladi . ammo barcha yangi kompaniyalar ham kichik hisoblanmaydi. Stori (Storey 1994) tadqiqotlarida keltirilgan
ma’lumotlar shundan dalolat beradiki kompaniyalar o‘lchami bankrotlik ehtimolini belgilashda muhim omil sanaladi. Masalan 20 tadan kam hodimga ega bo‘lgan firmalar uchun bankrotlik ehtimoli 1000 kishi ishlaydigan kompaniyalarga qaraganda ikki marta yuqori bo‘ladi. Biz buni oldingi boblarda ko‘rdik, Fam va French (Famaand French 1996) tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki kichik kompaniyalarda investitsiyalash uchun qoplama sifatida investorlar firma o‘lchamiga teskari proportsional bo‘lgan hajmda risk uchun qo‘shimcha mukofotni talab qiladilar. Mualliflar tomonidan birja listingiga ega bo‘lgan eng kichik o‘lchamdagi kompaniyalar ko‘rib chiqildi, ammo mazkur xulosa aksiyalari birjada muomalada bo‘lmaydigan kompaniyalarga nisbatan ham to‘g‘ri keladi


1.1. Korporativ maqsadlar


Yirik kompaniyalarga nisbatan biz shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, farovonlikni maksimallashtirish – ko‘plab kompaniyalar maqsadlari uchun mos tushuvchi tuzilmadir. Kichik kompaniyalar uchun bu tendentsiya qanchalik xos?

Menejment va aktsionerlar maqsadlari


Yirik kompaniyalarda menejerlar qoidaga ko‘ra yirik aktsioner bo‘lmaydilar, shu sababli mazkur ikki guruh maqsadlari o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kichik kompaniyalardagi menejer va aktsionerlar – bir yoki o‘xshash guruh odamlar bo‘lib, ular o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Shunday tarzda agentlik muammolar va u bilan bog‘liq salohiyatli xarajatlar qoidaga ko‘ra kichik kompaniyalar rivojiga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Shundan kelib chiqib, modomiki menejerlar ma’lum mulk ulushiga ega bo‘lgan aktsionerlar hisoblansa farovonlikni maksimallashtirish maqsadiga muvofiq qarorlar qabul qiladilar.
Boshqa tomondan yirik kompaniyalar aksiyalariga ega bo‘lgan ko‘plab investorlar buni iqtisodiy mohiyatga ko‘ra amalga oshiradilar, ular kichik kompaniyalar foydasida boshqa sabablarga ko‘ra qatnashishlari mumkin. Bunday sabablardan ayrimlari – o‘z kuchi bilan kompaniyani mustahkamlashdan qanoatlanish hissini sezish, o‘ziga xos hayot tarzini yuritish istagi va ba’zi
an’analarni saqlash bo‘lishi mumkin. Modomiki menejerlar kichik kompaniyalar aktsionerlarining shaxsiy maqsadlaridan xabardor bo‘lsalar ular buni hisobga olgan holda qaror qabul qiladilar .
Kichik kompaniyalarning boshqa maqsadlari bo‘lishiga qaramasda farovonlikni maksimallashtirish maqsadini hisobga olmasdan qarorlar qabul qilish doimo imkonsizdir. Farovonlikni pasayishiga olib keluvchi bir qator qarorlar qabul qiluvchi kompaniyalar ertami kechmi bankrotlikka duch keladilar.
Shunday xulosa qilishimiz mumkinki boylikni maksimallashtirish maqsadi kichik kompaniyalar uchun juda muhim bo‘lib, agar bu kompaniyaning yagona maqsadi bo‘lmasa ham qarorlar qabul qilishda uni hisobga olmaslik mumkin emas. O‘z-o‘zidan sof keltirilgan qiymatga qo‘yilmalar samaradorligini baholash texnikasi (NPV) ham yirik ham kichik kompaniyalar uchun bir xilda muhimdir. 4-bobda ko‘rib chiqilgan amaliy misolga ko‘ra sof keltirilgan qiymat kichik kompaniyalar tomonidan juda ko‘p foydalanilmaydi, ammo bu boshqa maqsadlarga erishishga kontsentratsiyaga nisbatan kompaniyalarning tajribasi etishmasligidan dalolat beradi.



    1. Yüklə 48,89 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin