Qoidaga ko‘ra biz tomonimizdan ko‘rib chiqilayotgan kichik kompaniyalar mas’uliyati cheklangan xususiy kompaniyalar shaklida tashkil qilinadi. Mohiyatiga ko‘ra mazkur tashkiliy-huquqiy shakl jamoat kompaniyalaridan hech qanday farq qilymadi. Ular o‘rtasidagi tafovut quyidagilardan iborat:
Xususiy kompaniyalar uchun minimal miqdor belgilanmaydi; jamoat kompaniyalari kamida 50000 f.st miqdoridagi ustav kapitalga ega bo‘lishlari kerak, shundan kamida 25% i to‘liq to‘langan bo‘lishi shart.Xususiy kompaniya o‘lchamiga nisbatan hech qanday yuqori chegara mavjud emas.
Xususiy kompaniyalar o‘z aksiyalarni ko‘chirishni cheklash huquqiga ega bo‘ladilar. Kompaniya ustavida direktorga aksiyalarni berishni ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘z istagiga ko‘ra voz kechish huquqini beruvchi modda bo‘lishi mumkin.
Xususiy kompaniyalar har yillik hisobotlarini e’lon qilishlari kerak, ochiq aktsionerlik jamiyatlar esa ancha boshqacha tarzda hisobotlar topshiradilar.
Xususiy kompaniyalar nomida limited so‘zi yoki uning qisqartmasi Ltd bo‘ladi; mas’uliyati cheklangan hissadorlik kompaniyalari nomi plc qisqartmasini o‘z ichiga olishi kerak.
Ko‘rinib turibdiki, amaliyotda yagona muhim jihat aksiyalarni topshirishga cheklovlarga oid bo‘lgan ikkinchi tafovutdir. Kichik kompaniyalar uchun cheklov huquqining ta’sirini ikki oxir to‘g‘risidagi kaltak deb nomlash mumkin.
Bir tomondan u ko‘plab aktsionerlarga kamchilik aktsionerlarni ishonch bo‘lmagan uchinchi shaxslarga aksiyalarni berishdan to‘xtatish imkonini beradi. Shu ma’noda nazorat yoki ovoz berish huquqi orqali ta’sir ko‘rsatish ko‘pchilik tomonidan ma’qullangan holda amalga oshiriladi. Oilaviy biznesda aktsionerlar uchun mulkning o‘z oilalaridagi odamlarga qolishi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Boshqa tomondan aksiyalarning salohiyatli xaridorlari agar ular istasalar aksiyalarni sotishni oldini olish huquqiga ega bo‘lsalar kompaniya aksiyalarini istamasdan xarid qiladilar . Tabiiyki ko‘pincha kapitalning ikkinchi bozorida, shu jumladan London fond birjasida topshirish huquqi cheklangan aksiyalarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kichik kompaniyalar uchun mas’uliyati cheklangan xususiy kompaniya shaklida bo‘lish biznesni kengaytirish yo‘lidagi to‘siq bo‘lishi mumkin. Kichik kompaniyalar mas’uliyati cheklangan xususiy kompaniyalar shaklida tashkil qilinishi shart emas, ammo ular hisobotlarni e’lon qilishga kamroq talablarga jalb qilinadi, aksiyalarni topshirishni cheklash hisobidan kompaniya mulkdorlari tarkibini nazoratini amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.Shuning uchun
ko‘plab kompaniyalar aynan shu tashkiliy-huquqiy shaklni tanlaydilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lgan 1.5 mln britaniya kompaniyalaridan taxminan 99%i xususiy va faqat bir foizi jamoat kompaniyalari sanaladi.
Soliqqa nisbatan kompaniya daromadlaridagi yagona farq kichik va yirik kompaniyalar o‘rtasidagi soliq stavkasidagi tafovutdir. Kichik kompaniyalar uchun
soliq chegirmalari qoidaga ko‘ra ancha keng bo‘ladi. Qayd qilish kerakki, soliqq tortishga nisbatan kichik va yirik tushunchalari faqat foyda nuqtai nazaridan belgilanadi. Shunday tarzda alohida kompaniyalar yirik kompaniyalar toifasidan bir yil mobaynida foyda pasayishi hisobidan kichik kompaniyalar toifasiga o‘tishi mumkin. Amaliyatda bunday holatlar sodir bo‘ladi