Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə7/15
tarix16.05.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#114697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining

«Biznes-farishtalar»


Bu vaqtda venchur kapital sifatida kapital qo‘yilmalarning shunga o‘xshash turiga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi, , «biznes-farishtalar» (businessangels),qoidaga ko‘ra odatda kichik biznes sohasidagi investitsiyalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan individual investorlar sanaladi . Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi biznes farishtalar 40 ming atrofida». Biznes farishtalar tomonidan amalga oshirilayotgan kapital qo‘yilmalarning katta qismi o‘rtacha 10000 dan 1 mln funtgacha bo‘ladi. Angliya banki ma’lumotlariga ko‘ra (BankofEngland 2003a), to‘rtdan uch holatda kapital qo‘yilmalar o‘rtacha 50 000 f. st dan oshmaydi.
Qoidaga ko‘ra biznes-farishtalar 10 dan 40% gacha aksiyalarni xarid qiladilar. Ular kompaniyalarni boshqarishga ta’sir ko‘rsatishga intiladilar. Buyuk Britaniyada biznes farishtalarning milliy tarmog‘i tashkil qilingan, uning maqsadi moliyaviy mablag‘larga muhtoj kompaniyalar va salohiyatli biznes farishtalar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishdir.
Venchur investorlar va biznes farishtalar tomonidan taqdim qilinadigan aktsionerlik kapitalga qo‘yilmalar hisobidan moliyalashtirish ko‘pincha xususiy kapital deb ataladi

Muqobil investitsiyalar bozori


Muqobil investitsiyalar bozori kichik, yangi va rivojlanayotgan kompaniyalar uchun 1995-yil London fond birjasida tashkil qilingan. Ulardan ko‘pchiligi oilaviy kompaniyalar va MVO natijasida tashkil qilingan. AIM aksiyalar savdosi va moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bozorni yaratishda kompaniyalar tomonidan foydalaniladigan samarali mexanizmni o‘zida aks ettiradi .Bunda AIM sifatida investorlar xususan venchur investorlar va biznes-farishtalarga kompaniya
mulkidagi o‘z ulushini sotish imkoniyatini taqdim qilish mumkin . AIM da ro‘yxatga olingan kompaniyalarning bozor qiymati qoidaga ko‘ra 1 mln dan 300 mln funtgacha bo‘ladi, ulardan ko‘pchiligining bozor qiymati 3 mln dan 30 mln funtgacha bo‘ladi. Xususan hozirgi vaqtda AIM da markaziy shahar ko‘chalarida zamonaviy kiyimlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi Monsoonplc, bayramlar tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi , CenterParcs (UK) Groupplc, va futbol klublariMillwallHoldingsplci PrestonNorthEnd (UK) Group ro‘yxatga olingan. AIM fond birjasidagi to‘liq listing qiymati bilan taqqoslaganda kirish katta xarajatlarni talab qilmaydigan bozor sifatida rejalashtirilgan. AIM da ro‘yxatdan o‘tish taxminan 500 000 f. st ni tashkil qiladi Blekuella (Blackwell 1999), tadqiqotlariga ko‘ra AIM da moliyaviy mablag‘lar olish bilan bog‘liq xarajatlar
amalda xuddi fond birjasida to‘liq ro‘yxatdan o‘tgandagi kabi yuqori. Hozirgi vaqtda AIM da 300 tadan ortiq kompaniya ro‘yxatga olingan.

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin