Iqtisodiyot


Raqobat strategiyasi va raqobat bosqichlari



Yüklə 96,44 Kb.
səhifə4/5
tarix18.05.2022
ölçüsü96,44 Kb.
#58511
1   2   3   4   5
jumayev sulaymon iqt o\'sish referat (6)

1.3 Raqobat strategiyasi va raqobat bosqichlari
Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bo’lishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keladi. Iqtisodiyot rivojiga mos holda raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib boradi. Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o’tadi.
Birinchi bosqich – bu natural xo’jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o’tish bo’lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida boradi. Bu bosqichda raqobat mahalliy bozorlar doirasi borasida, u bir turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida bo’ladi. Raqobatda g’olib chiqish vositasi tajriba to’plab, mehnat mahoratini oshirish hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich – bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo’jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarish o’rniga yirik mashinalar tizimiga va yo’llangan mehnatga tayangan tovar ishlab chiqarishning kelishi bilan harakterlanadi. Raqobatni cheklashlar bo’lmaydi, u erkin kurashga aylanadi, bu kurash mahalliy bozorlar doirasidan chiqib, milliy bozor miqyosida yuz beradi.
Raqobat shiddatli boradi, uning ishtirokchilari ko’pchilikdan iborat bo’ladi. Raqobatda g’olib chiqishning sharti yangi texnikani joriy etib, mehnat unumdorligini o’stirish, yangi tovarlarni ishlab chiqarish bo’ladi.
Uchinchi bosqich – bu monopol raqobat bosqichi bo’lib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iqtisodni monopollashgan va monopollashmagan sohalarida alohida boradi, ammo bu sohalar o’rtasida ham kurash ketadi. Raqobatda yengib chiqish shartlari ikkinchi bosqichdagidek bo’ladi, ammo o’zaro kurashda bozorni egallab olish, siyosiy hokimiyatdan foydalanish kabilar keng qo’llanadi. Bu bosqichda monopol raqobat yetakchi bo’lsa-da, erkin raqobat yo’qolib ketmaydi, u ikkinchi qatorga suriladi. Iqtisodiyotda monopol raqobat sohasi va erkin raqobat sohalariga ajralish bo’ladi.
To’rtinchi bosqich – yangicha erkin raqobat bosqichi bo’lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. Bu bosqichda raqobatchilar g’oyat ko’pchilik bo’lib, ular yirik korporatsiyalar, o’rtacha, mayda va o’ta mayda korxonalardan iborat bo’ladi. Raqobat doirasi kengayib, u ishlab chiqarishdan tashqari, xizmat ko’rsatish sohasida ham faollashadi, u moliya bozoriga shiddat bilan kirib boradi, hatto sayohat biznesi, shou (tomosha) biznes, sport biznesi, harbiy biznes kabilarni ham o’z domiga tortadi. Raqobatlashuv baynalmilallashib, xalqaro bozor doirasida ham yuz beradi. Eng yangi texnika-texnologiyani qo’llash, boshqarishni kompyuterlashtirish, tovar tarkibini zudlik bilan yangilash, eng malakali ish kuchiga ega bo’lish, informatsiyadan foydalanish va nihoyat zamonaviy marketing xizmatini uyushtirish raqobatda yengib chiqish shartiga aylanadi.


Xulosa
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) o‘z modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu model iqtisodiy o‘sishning muvozanatli traektoriyalarini tadqiq qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Mazkur model o‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini ko‘rsatadi. R. Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. SHunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan. Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. Klassik iqtisodiy o’sish modellarining keynscha modellardan asosiy farqi mehnatning kapital bilan qurollanganlik koeffitsientini tabiatidadir. uzluksiz yoki nouzluksiz variantlarda yozilishi mumkin. Kapital bilan qurollanganlik koeffitsienti ishlab chiqarishda band bo’lgan bir ishlovchiga to’g’ri keladigan asosiy kapital qiymatini ko’rsatadi. Solou modeli iqtisodiyotda muvozonatni va omillarning to’la bandligini saqlovchi uzoq muddatli iqtisodiy o’sish mexanizmini ifodalashga imkon beradi. Bu model farovonlikning barqaror o’sishining yagona asosi sifatida texnik taraqqiyotni ajratadi va iste’molning maksimallashtirishni ta’minlovchi o’sishni ta’minlovchi maqbul variantni topish imkonini beradi. Biroq, Solou modeli ham kamchiliklardan holi emas. Birinchidan, bu model uzoq muddatli davrda erishiladigan barqaror muvozonatli holatni tahlil qiladi, iqtisodiy siyosatda esa ishlab chiqarish va turmush darajasining qisqa muddatli davrdagi o’zgarishi ham muhim. Ikkinchidan, model zamonaviy sharoitda sezilarli ahamiyatga ega bo’lgan o’sishni cheklovchi bir qator resurs, ekologiya va ijtimoiy masalalarni qamrab olmagan.

Yüklə 96,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin