Iqtisodiyot


Iqtisodiyotda ichki va tashqi raqobatning ahamiyati



Yüklə 96,44 Kb.
səhifə3/5
tarix18.05.2022
ölçüsü96,44 Kb.
#58511
1   2   3   4   5
jumayev sulaymon iqt o\'sish referat (6)

1.2 Iqtisodiyotda ichki va tashqi raqobatning ahamiyati
Mezoiqtisodiyotning muayyan hududga “bog’langan”ligi mamlakatlar masshtabida ham, geoiqtisodiy masshtabda ham uning yetakchi (dominanta) funksiyalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni saqlab qoladi.
Mintaqaning funksional yo’nalganligi, bir tomondan, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy potensialini belgilab bersa, ikkinchi tomondan, u yoki bu funksiya doirasida raqobatchilikdagi ustunliklarni realizatsiya qilish uchun shart-sharoitlarni shakllantiradi.
Funksional tipologiyaning klassik modelida (har qanday ancha soddalashtirilgan nazariy modelda bo’lganidek) u yoki bu mintaqa har xil turlarga mansub bo’ladi, masalan, 51 agrar, agrar-industrial, industrial, rekreatsion va b. Bunday soddalashtirilgan tasnif mintaqaviy iqtisodiyotning ayrim yetakchi funksiyalarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Bu tasnif asosini avvalam bor funksional-sohaviy yondashuv tashkil qilishi mumkinki, bunda iqtisodiy faoliyatning nafaqat ustunlik qiluvchi yo’nalishlari, balki mintaqa uchun ixtisoslashgan (uning ixtisosligini belgilaydigan) yo’nalishlari ham mintaqa tasnifining asosi bo’ladi.
Mintaqalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki o’zaro munosabatda, yagona iqtisodiy fazoda rivojlanar ekan, ularni tasniflashda (ayniqsa raqobatbardoshlikni parametrizatsiyalash ma’nosida) ayrim g’arb olimlarining (A. Fishera, D. Bella va b.) tadqiqotlarida o’z rivojini topayotgan iqtisodiyotni bir qator sektorlarga ajratishga qaratilgan yo’nalish alohida ahamiyat kasb etmoqda desa ham bo’ladi. Bular: birlamchi sektor (qishloq xo’jaligi, tog’-kon ishi, baliqchilik), ikkilamchi sektor (ishlab chiqaradigan sanoat), uchlamchi sektor (transport, kommunal xo’jalik), to’rtlamchi sektor (savdo, moliya xizmatlari, sug’urta, ko’chmas mulk ustida o’tkaziladigan operatsiyalar), beshlamchi sektor (sog’liqni saqlash, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, davlat boshqaruvi sohasi, dam olish va ko’ngil ochish industriyasi).
Bu holda hudud (mintaqa, shahar va h.k.)ning raqobatbardoshligi mintaqaviy shart-sharoitlar va ijtimoiy ishlab chiqarish omillarining (shu jumladan, hududiy-lokalizatsion omilning, ya’ni global iqtisodiyotga mintaqa egallagan joy) yig’indisini ham, boshqa mezoiqtisodiyotlar bilan solishtirganda, ulardan samarali foydalanishni ham o’z ichiga sig’diradigan sintetik hodisa sifatida namoyon bo’ladi.
Bunda ushbu omillardan foydalanish deganda, faqat xususiy va korporativ maqsadlarda emas, balki ko’proq butun hududiy umumlashmaning manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish ko’zda tutiladi. Bu bilan bog’liq holda mintaqaviy iqtisodiyot raqobatbardoshligini tadqiq etishda tegishli ko’rsatkichlar (indikatorlar)ning bir butun yig’indisi bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Raqobatbardoshlik muammosining ushbu jihatiga diqqatni qaratar ekanmiz, unga baho berishda hozirgi zamon iqtisodiyotida anchayin diversifikatsion yondoshuv yuzaga kelganini ta’kidlab o’tmay bo’lmaydi.
M.Porter ham mintaqa raqobatdardoshliligini baholashda (bu masala unda mamlakat raqobatbardoshligi konsepsiyasining o’ziga xos proeksiyasini tashkil etadi) umuman olganda xuddi shunga o’xshash yondoshuvdan kelib chiqadi. Ushbu muallifga ko’ra, mintaqa raqobatdardoshliligi – bu mintaqaviy resurslardan, birinchi navbatda, 52 ishchi kuchi va kapitaldan foydalanishning boshqa mintaqalarga nisbatan unumdorligi (mahsuldorligi). Unumdorlik esa yalpi mintaqaviy mahsulot (YaRM)ning aholi jon boshiga miqdori bilan, shuningdek uning dinamikasida belgilanadi.
Raqobatbardoshlikning rivojlanishi quyidagi to’rtta bosqichda amalga oshiriladi: - ishlab chiqarish omillari asosidagi raqobatchilik; - investitsiyalar asosidagi raqobatchilik; - nou-xaular asosidagi raqobatchilik va; - boylik asosidagi raqobatchilik.
Dastlabki uchta bosqich iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi, oxirgisi esa turg’unlik va inqirozni keltirib chiqaradi.


Yüklə 96,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin