Iqtisodiyot


Raqobatning iqtisodiy mazmuni va shakllanishining asosiy tamoyillari



Yüklə 96,44 Kb.
səhifə2/5
tarix18.05.2022
ölçüsü96,44 Kb.
#58511
1   2   3   4   5
jumayev sulaymon iqt o\'sish referat (6)

1.1 Raqobatning iqtisodiy mazmuni va shakllanishining asosiy tamoyillari

Raqobat-iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi.


Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. «Raqobat» tushunchasini
aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug‘at va ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazik biznesa» nomli lug‘atda: «Raqobat (lotincha concurrere–to‘qnashuv;inglizch competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o‘rtasidagi o‘z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro ta’sir, o‘zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama- qarshi turadilar», deb ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o‘zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan.
Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to‘laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o‘rtalariga kelib paydo bo‘lgan. Bunda klassik siѐsiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontyev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to‘xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil ѐndashuvga bo‘lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv.
Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor subyektlari o‘rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to‘g‘ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog‘lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o‘zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo‘ljallarga ega bo‘lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat–bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o‘sha «ko‘rinmas qo‘l»dir.
F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o‘z manfaatini ko‘zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun raqobat bilan doimiy to‘qashishga to‘g‘ri keladi.
Strukturali ѐndashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning o‘zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko‘chib o‘tadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o‘tilishicha, raqobat bozorda ko‘p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir.
Raqobat mohiyatini aniqlashga uchinchi ѐndashuvni funksional ѐndashuv sifatida tavsiflash mumkin. U raqobatning iqtisodiѐtda o‘ynaydigan rolini ko‘rib chiqadi. Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni eskilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha
bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Jumladan, Sh.Shodmonov, U.G‘afurovlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni:
Raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.Umumiy tarzda, raqobatning mohiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlarni quyidagi chizma yordamida tasvirlash mumkin .


Yüklə 96,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin