Iqtisodiyot


-BOB. PENSIYA JAMG’ARMASI MABLAG’LARINING



Yüklə 445,57 Kb.
səhifə6/11
tarix23.05.2022
ölçüsü445,57 Kb.
#59205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5337090953746323814

2-BOB. PENSIYA JAMG’ARMASI MABLAG’LARINING
SHAKLLANISHI VA ULARDAN FOYDALANISH AMALIYOTI TAHLILI

2.1. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining
shakllanishi holatining tahlili.
Pensiya jamg’armasi davlatning ijtimoiy funksiyasiga xizmat qiladi. Shu sababli Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish manbalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Pensiya jamg’armasi daromadlari soliqlarga tenglashtirilgan majburiy ajratmalar hisobidan shakllantiriladi. Chunki, ushbu daromadlar fuqarolarni keksalik davrida ijtimoiy himoyalash, ularning mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to’lanadigan ish haqi miqdoriga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash hamda daromadlar (pensiya, nafaqa, kompensatsiya to’lovlari va boshq.) bilan kelajakda aholi turmush darajasining pasayishidan himoyalash kabilarni ta’minlaydi.
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida”gi Nizomga ko’ra, Pensiya jamg’armasi daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) majburiy to’lovlar va badallar:
– belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to’lov (YaIT) tushumlari;
– alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug’urta badallari;
– fuqarolarning sug’urta badallari;
– jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug’urta badallari;
– majburiy ajratmalar;
b) boshqa to’lovlar.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari.
– manbalar turlari bo’yicha Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishi nazorat qilinishini;
– manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini;
– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek, Pensiya jamg’armasi bilan o’zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini ta’minlaydi.
Respublikasida YaITning soliq solish obyekti bo’lib, ish haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi. Yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari hamda O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari YaITni to’lovchilar hisoblanadi.
2015-yil 1-yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YaITni hisoblash va to’lash tartibi o’zgardi29. Yangi tartibga muvofiq 2015-yil 1-yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar, ular soliq solishning qanday tizimini qo’llashlaridan qat’iy nazar, shuningdek, fermer xo’jaliklari uchun YaITning 2014-yilda amal qilgan 25 foiz o’rniga, mehnatga haq to’lash fondining 15 foiziga teng bo’lgan stavkasi belgilandi.
Hozirgi vaqtda xo’jalik yurituvchi subyektlar YaITni “Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom”ga30 muvofiq uning eng kam miqdorini hisobga olgan holda hisoblaydilar va to’laydilar, ya’ni mehnat haqi tarzidagi daromadlardan belgilangan, biroq eng ka mish haqinig (EKIH)ning har bir xodimga belgilangan qismidan kam bo’lmagan stavkada. YaIT hisob-kitobining bunday tartibi 2009-yil 1-yanvardan O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2008-yil 29-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1024-sonli Qarori bilan belgilangan. Biroq hamma soliq to’lovchilar YaITni bunday tartibda hisoblashlari kerak emas. U quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
 4,7% stavka bo’yicha YaIT undiriladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to’lash fondiga31;
 notijorat tashkilotlari, shu jumladan, byudjet tashkilotlariga;
 xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng kam me’yorlaridan32 kelib chiqib hisob-kitobning alohida tartibi belgilangan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalariga;
 yangi barpo etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida, ular tomonidan ko’rsatilgan davrda o’z ehtiyojlari uchun obyektlar qurilgan taqdirda esa – tugallangan obyektni qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangan kundan boshlab 6 oy tugagunga qadar, biroq ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab 1 yildan ko’p bo’lmagan muddatda.
Pensiya jamg’armasiga tushgan YaIT O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida Pensiya jamg’armasi xarajatlarini qoplash bo’yicha summalarning to’lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug’urtasi xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. YaIT stavkalari, yagona ijtimoiy to’lovdan tushumlar taqsimot miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Quyidagi jadvalda Pensiya jamg’armasi daromadlari manbalarining so’nggi
yillardagi stavka ko’rsatilgan.

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, keyingi yillarda Pensiya


jamg’armasi daromadlar manbalarining stavkalarida katta o’zgarishlar bo’lmadi.
Faqat sug’urta badali stavkasining oshib borishi kuzatildi. 2016-yilning 1- yanvaridan O’zbekistonda fuqarolarning Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan majburiy sug’urta badallari stavkasi 7 foizdan 7,5 foizga oshirilgan edi. 2017 yilning 1-yanvaridan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2699-
sonli Qarori bilan fuqarolarning majburiy sug’urta badallari stavkasi 8% miqdorida
belgilandi. Bunda yuridik shaxslar uchun YaIT stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolindi.
Qayd etish lozim, o’rtacha umr ko’rishning uzayishi bevosita pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Shu nuqtai nazardan, pensiya badallarining hozirgi qiymati va uni
kelajakda to’lovlar shaklida qayta taqsimlashda mazkur omilni istiqboldagi holatini
inobatga olish ayni muhim masaladir.
Belgilangan stavkalar asosida olingan daromadlarning manbalari miqdori va jamiga nisbatan ulushi to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi quyidagi jadvalda ko‘rinib turibdiki, Pensiya jamg‘armasining daromadlari shaklantirishda muhim o‘rinni yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan YaITdan ajratmalar egallaydi. Pensiya jamg’armasi daromadlari 2017-yilda 19505,1 mlrd. so’mni tashkil qilib, 2013-yilga nisbatan 1,9 martaga ortganligini ko’rish mumkin. Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida ish haqidan YaIT 2013-2017-yillarda o’rtacha 52,6 foizni tashkil qilgan. Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida sotilgan mahsulotlar hajmidan majburiy ajratmalar esa ushbu yillarda o’rtacha 16,4 foizni tashkil qilgan. Xulosa qilib aytganda, Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida ish haqidan YaIT bo’yicha tushumlar ulushi salmoqli o’ringa ega.

Yüklə 445,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin