Iqtisodiyot


Tadqiqodning predmeti va obyekti



Yüklə 445,57 Kb.
səhifə3/11
tarix23.05.2022
ölçüsü445,57 Kb.
#59205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5337090953746323814

Tadqiqodning predmeti va obyekti. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan huquqiy-iqtisodiy munosabatlar tadqiqot predmetini tashkil qiladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining moliyaviy faoliyati tadqiqod obyekti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Tadqiqodning maqsadi – O’zbekistonda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilab olindi:
 Pensiya jamg’armasining shakllanish tarixi va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi o’rnini yoritish;
 Pensiya jamg’armasi faoliyatini tartibga solish va boshqarishda davlat siyosatining o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
 xorijiy mamlakatlarda pensiya fondlari tajribalarini yoritish;
 byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining shakllanishi holatini tahlil qilish;
 Pensiya jamg’armasi mablag’laridan foydalanish amaliyotini tadqiq etish;
 byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan davlat pensiyalarini hisoblash, tayinlash va to’lash tartibini tahlil qilish;
 Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari mutanosibligini tizimli tadqiq etish;
 O’zbekistonda pensiya ta’minoti tiziminining uzoq muddatli istiqbolda barqaror amalga oshirilishini asoslash;
 byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyatini samarali tashkil etishda, boshqarish samaradorligini oshirishda, qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirishda tadqiqod ishining taklif-tavsiyalaridan foydalanish mumkin. Tadqiqot materiallaridan oliy o’quv yurtlarida pensiya ta’minotiga oid fanlarini o’qitish jarayonida foydalanish imkoniyati mavjud.
Magistrlik dissertatsiyasi tarkibining qisqacha tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy jihatdan kirish qismi, 8 ta paragrafni qamrab olgan 3 ta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Tadqiqot ishi matni jami 71 betdan iborat bo’lib, unda 8 ta rasm va 13 ta jadval keltirilgan. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati hamda ish tarkibining qisqacha tavsifi yoritilgan. Birinchi bobda Pensiya jamg’armasining shakllanish tarixi, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi o’rni, tartibga solish va boshqarishda davlat siyosatining xususiyatlari hamda xorijiy tajribalar yoritilgan. Ikkinchi bobda Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari dinamikasi hamda davlat pensiyalarini hisoblash, tayinlash va to’lash tartibi tahlil qilingan. Uchinchi bobda Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari mutanosibligini ta’minlash hamda O’zbekistonda pensiya ta’minoti tiziminining uzoq muddatli istiqbolda barqaror amalga oshirilishi asoslab berilgan. Xulosa qismida mavzu doirasida umumiy xulosalar shakllantirilgan va taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.



Yüklə 445,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin