Iqtisodiyot


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan



Yüklə 445,57 Kb.
səhifə7/11
tarix23.05.2022
ölçüsü445,57 Kb.
#59205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5337090953746323814

2.2 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan
davlat pensiyalarini hisoblash, tayinlash va to’lash tartibi.
Fuqaro pensiyaga chiqishi uchun eng avvalo mehnat stajiga ega bo’lishi talab qilinadi, amaldagi pensiya qonunchiligiga ko’ra quyidagi mehnat faoliyati mehnat staji sifatida inobatga olinadi45:
 faoliyat turi, mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsa, 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo’jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo’jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko’ra jamoa xo’jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo’lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi, ijodiy faoliyat bilan mashg’ul xodimlarning ish stajini, basharti ular Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;

 harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo’shilmalarida bo’lish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;


 idoraviy bo’ysunuvidan qat’iy nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog’-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
 yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo’jaligidagi faoliyat –
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langan taqdirda;
 I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaga, shuningdek, o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko’ra) 80 yoshga to’lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
 oliy ta’lim muassasalarida, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi o’qish, shu jumladan, chet elda o’qish;
 bola 3 yoshga to’lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo’lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko’pi bilan 3 yil;
 ofiserlar tarkibidan bo’lgan shaxslarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo’lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
 O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo’lgan, lekin, 10 yildan oshmagan davr.
Quyidagi mehnat faoliyati turlari mehnat stajiga imtiyozli tarzda qo’shib hisoblanadi46:
 harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo’shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish – uch hissa barobarida;
 1941-1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan, harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish ikki hissa barobarida;
 kon sanoatidagi etakchi kasb egalari bo’lgan xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon ishlarida ko’mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to’liq ish kuni davomida band bo’lgan hamda erosti ishlarida, mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar – erkaklar 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to’liq yil ikki hissa barobarida;
 moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash ikki hissa barobarida;
 patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi bir yarim hissa barobarida;
 asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo’lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti – bir yarim hissa barobarida mehnat stajiga qo’shiladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi, ish stajidan qat’iy nazar, tayinlanadi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasiga o’tkazishda zarur staj nogironlikning dastlabki belgilanishi vaqtiga nisbatan yosh bo’yicha belgilanadi.
Umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasi nogironlik boshlangan vaqtda nisbatan quyidagi ish staji mavjud bo’lganda tayinlanadi:


Ish davrida yoki ish to’xtatilgandan keyin 20 yoshga to’lgungacha umumiy kasallik oqibatida nogiron bo’lib qolgan shaxsga pensiya, ish staji davridan qat’iy nazar, tayinlanadi.


Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. Band shaxsning ish staji O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg’armasi bo’limining sug’urta badallari to’langanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomasi bo’yicha belgilanadi.
Pensiya miqdori ish staji davriga bog’liq bo’ladi va:
 pensiyaning bazaviy miqdoridan;
 ish staji uchun pensiya oshirilishidan;
 pensiyaga ustama haqlardan shakllanadi.
Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:
− yoshga doir pensiyalar uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
− I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
− boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq, yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam emas.
Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to’liq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari oshiriladi.
2014-yilning 4-dekabrida O’zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2015-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-379-sonli Qonunida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Pensiyalarning tayanch miqdoriga doir: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 26-moddasiga kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq endilikda pensiyalarning tayanch miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan belgilanadigan yoshga doir eng kam pensiya miqdoriga nisbatan belgilandi hamda amaliyotga moslashtiriladi.
2. Ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun pensiyalarning eng kam miqdoriga doir: bundan buyon ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun pensiyalarning eng kam miqdori oldingidek eng kam ish haqiga nisbatan emas, balki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan belgilanadigan yoshga doir eng kam pensiya miqdoriga mutanosib ravishda hisoblanadi. Xuddi shu mazmundagi o’zgartish “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunining 29-moddasiga kiritildi. Shunday qilib, 2016-yil 1-oktyabrdan boshlab, ish staji to’liqbo’lmagan chog’dagi pensiyalar yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilangan:

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 36-moddasida ish stajiga qo’shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlariga qo’shimcha kiritildi49. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo’lga.




Yüklə 445,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin