Iqtisodiyot


II-BOB. FRANSIYA KLASSIK IQTISODIY MAKTABINING ASOSIY VAKILLARI



Yüklə 66,78 Kb.
səhifə5/7
tarix06.09.2022
ölçüsü66,78 Kb.
#63439
1   2   3   4   5   6   7
Fransuz klassik maktablari (F. Buagelberg va F.Kenelarning iqtisodiy nazariyalari)

II-BOB. FRANSIYA KLASSIK IQTISODIY MAKTABINING ASOSIY VAKILLARI

    1. P.BUAGILBERNING IQTISODIY QARASHLARI

Agar Angliyada klassik iqtisodiy g‘oyalaming boshlanishi V.Petti nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g‘oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga etgan bo‘lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar qirol - quyosh - Ludovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo‘jaligining ziyoniga o‘tkazildi, feodal munosabatlar to‘la saqlab turildi (eslang, Angliya buijua inqilobi XVII asrda bo‘lib o‘tdi, vaholanki, Fransiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro‘y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to‘siq edi. Manufakturalar paydo bo‘ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan bo‘lib, rivojga to‘siq edi.
Yer masalasi to‘la hal etilmadi, «Senorsiz yer yo‘q» tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlaming turli soliq va yig‘imlarga mahkum etilganligi ulami bu tizimda yemi yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantirmas edi. Vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo‘lib, ular bu sohada tushkunlikda edi,
Shu sababli bu sohada islohotlar o‘tkazish zarur bo‘lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo‘lib, kapitalistik tadbirkorlikning o‘sishiga yo‘l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to‘lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan каш sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi.
Yana bir muhim to‘siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan urushlar tufayli mablag laming asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. Qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi.
Demak, Fransiyada XVII asming ikkinchi yarmida feodal muno- sabatlar o‘zining cho‘qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring). Vaholanki, Angliyada buijua inqilobi bo‘lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo‘lsalar ham, feodal majburiyatlar nihoyatda ko‘p edi. Xo‘jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo‘jaligida natural xo‘jalik asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past bo‘lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfyumeriya mahsulotlari tayyorlash bo‘yichagina Fransiya Yevropada yuqori o‘rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo‘lgan Per Buagilber (1646-I714)ning iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo‘lib, de Buagilber - bu oila yer pomestyesining nomi edi. Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot olgach, adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchalik Ruan okrugida lavo- zimini egalladi. U bu lavozimni umrining oxirigacha saqlab qoldi va katta o‘g‘liga topshirdi; o‘zini «qishloq xo‘jaiigining advokati - himo- yachisi» deb atadi.
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go‘sht, kiyim-kechak va boshqalardan iborat. Hatto yerga va pulga egalikning o‘zi boylikni ta’minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtirilmasa, bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. Shu sababli jamiyatda pulni ko‘paytirish emas, balki ishlab chiqarishni o‘stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:

  • iqtisodiyotda erkin raqobat sharoitida avtomatik mo‘tadil!ik mayjud bo‘ladi;

  • tovarlar va xizmatlar qiymatini belgilashda xarajatlar qoidasiga amal qilinadi;

  • milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;

  • xo‘jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho berilmaydi va boshqalar.

Buagilber sanoat va savdoni katnsitish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligining rolini ataylab mutlaqlashtirgan.
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat uning jamiyat uchun ahamiyatini ko‘ra bildi.
1691-yilda u Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo‘yicha turli islohotlar o‘tkazib (ular buijua-demokratik xarakterga ega bo‘lishi kerak edi), 1707-yilda esa uning g‘oyalari etilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:

  1. Soliq tizimini o‘tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegishli bo‘lishi kerak edi.

  2. Ichki savdoni har xil cheklovlardan ozod qilish (ichki savdo erkinligi); bu chora ichki bozomi kengaytirish, mehnat taqsimotining o‘sishini ta’minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;

  3. Donning erkin sotilishiga yo‘l berish, donga tabiiy baho ta’sirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun’iy ravishda baho belgilangan bo‘lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas, don yetishtirish o‘smay qo‘ygan edi. Buagilbeming fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega bo‘lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb hisobladi.

Uning asosiy iqtisodiy asarlari «Fransiyaning tola tavsifi», «Fransiya to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat» va boshqalar- dir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707-yili 2 jildda chiqarilgan «Fran­siya ayblari» kitobi taqiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og‘ir iqtisodiy ahvoli to‘la yoritilgan, ayniqsa, qishloq xo‘jaligining orqada qolish sabablari to‘g‘ri berilgan. Xalq xo‘jaligi orqada qolishining bosh sababli olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig‘i) va boshqalaming merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sanoat rivojini bir tomonlama qo‘llab-quwatlashga don eksportini cheklasliga qarshi chiqdi. Qishloq xo‘jaligi manfaatlarini himoya qildi, soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ldi. U xalq ommasining ahvolini yaxshilash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat xo‘jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, awalgi davrdagi to‘kin-sochinlikni qaytarish uchun mo‘jiza qilish shart emas, tabiat ustidan bo‘layotgan doimiy zo‘ravonlikka chek qo‘yish yetarlidir. Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-qarshi bo‘lmasin. Bu g‘oyaga ko‘ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ulami bemalol, jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlami o‘rganishga kirishib, ilmiy tahlil qilish yo‘li sari qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir vaqtda u xo‘jalikdagi hodisalami tabiiy va tabiiy bo‘lmaganlarga ajratib, awalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilber o‘zi taklif etgan siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Uning iqtisodiy qarashlari ko‘p jihatdan V.Pettiga o‘xshab, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi nima bilan bog‘liq degan savolga javob topish edi. Buagilbemi ko‘proq Fransiya iqtisodining turg‘unlik holati va uning orqaga ketish sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masalan, xalq xo‘jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivojini ta’minJaydi, degan masalaga o‘tdi.
Buagilber bu muammoga javob berishda «optimal baho paydo bo‘lishi» masalasiga asosiy e’tibor qaratdi. Uningcha, iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisoblanadi. Xo‘sh, bu baholar nimadan iborat? Awalo, bu baholar o‘rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yordam berishi va ma’lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda, ishlab chiqarish bo‘lmaydi, undan so‘ng, bu shunday baholarki, unda tovarlami realizatsiya qilish jarayoni bekam-u ko‘st davom etishi va barqaror iste’mol taJabi qondirilishi kerak. Vanihoyat, pullaming «o‘z o‘mi bo‘lib», ular to‘lov vositasi vazifasini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, zo‘ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo‘jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg‘or g‘oya edi. Olimning asosiy asarlari shu g‘oyalar bilan bog‘liq. Iqtisodiyotda «optimal baholar»ni qanday ta’minlash mumkin? Buagilbeming fikricha, baholaming bunday strukturasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi.
Erkin raqobat sharoitining buzilishiga sabab Fransiyada donga maksimal baholaming qo‘yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar belgilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlaming daromadini oshiradi va ulaming sanoat tovarlariga talabini ko‘taradi, oqibatda bu mahsulotlami ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o‘zida «proporsional baholar» o‘matilishiga va xo‘jalikning ravnaqiga olib keladi.
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funk- siyasini inkor etmadi: bu o‘sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste’mol va talabni yuqori darajada ta’minlashi mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlami sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag‘allar ko‘proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o‘z daromadlarini tez sarf- lashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o‘z daromadlarini saqlashda, va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug‘dirishiga olib keladi.
Buagilbeming bu mulohazalari iqtisodiy ta’limotlaming keyingi yuzyillikdagi rivojiga katta ta’sir etdi.
Jamiyat boyligi va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. Birinchisi bo‘yicha ishlab chiqarishning o‘sishi jam- g‘arish hajmi (ya’ni jamg‘arma va kapital qo‘yilmalar)ga bog‘liq. Bunda to‘lovlarga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsep- siyaga ko‘ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo‘lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo‘yicha iste’mol talabi ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda o‘sishini qo‘llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma’lum ma’noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan.
Buagilber inqiroz hodisasini xo‘jalikning ichki qonuniyatlari bilan emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog‘laydi. Uningcha, yaxshi siyosat olib borish yo‘li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlami chetlab o‘tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo‘lib, Seyga tegishli (buni keyin qarab chiqamiz) «bozorlar qonunhga asos bo‘lgan deyish mumkin, ya’ni erkin mahsulotiar aimashuvi tizimida mahsulotlaming ortiqcha ishlab chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo‘lmaydi). Aksincha, Shumpetemmg fikricha, Buagilber iste’mol talabining yetarli emasligi va jamg‘arma ortiqchaligi sababli, o‘sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi bo‘lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya’ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan.
Buagilber o‘zining «Boylik, pul va omponlaming tabiati to‘g‘risida mulohaza» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro‘y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi. Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvga esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. U bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi*, degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari 0’rtasida mehnat taqsimotining to‘g‘ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat’iy ravishda inkor etgan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o‘rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, Buagilberning e’tibori tovarlaming tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlaming to‘g‘ridan to‘g‘ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo‘lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlaming manbayi mujassamlangan, tovarlaming «haqiqiy baho* asosida aimashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o‘mini qog‘oz pul bemalol qoplaydi. Ko‘rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo‘lib, uning o‘mida qiymatga ega bo‘lgan tovarlaigina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, uningcha, tovar ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo‘q qilish kerak. Shu yerda u iqtisodiy munosabatlaming ikki shakli o‘rtasidagi chambarchas aloqani tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo‘q qilmoqchi bo‘ladi.
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste’molni qondirishda deb xato o‘ylagan (iste’mol va almashuv uchun).
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rol o‘ynadi. Aslida, ulami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.




    1. Yüklə 66,78 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin