Fransua Kene (1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo‘lib, Versal yaqinida, kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan tibbiyotga havas qo‘ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o‘tdi. 1718-yilda vrachlik kasbini oldi.
1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752-ytldan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko'pgina asarlar yaratdi. U oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug'ullana boshladi.
1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo'lgan edi. Didro va D’Alambertomonidan chop etilgan «QomusHla F.Kenening dastlabki iqtisodiy maqolalari: «Fenmerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar»paydo bo‘ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asming ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyurgo (1727-1781) davom ettirdi. Fiziokratizm g'oyalarini (ayniqsa, F.Kene ta’limotini) Dyupon de Nemur, D’Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng taig'ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki, o‘sha davr tili bilan aytganda, «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asming 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi.
F.Kene «tabiiy tartib* konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslu- biy platformasi edi («tabiiy huquq» konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo‘layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o'zgarishi, ya’ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo'llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlani- shini istardi. Iqtisodiy rivojlanish odamlaming istak-xohishiga bog'liq bo‘lmagan tabiiy jarayon bo‘lib, uning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysu- nishini tan olish fiziokratlaming so'zsiz yutug‘i edi. Bu qonunlar, ulaming fikricha, tarixiy bo‘lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko‘p jihatdan isbotlamoqda).
F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta’limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasida teng miqdorli qiymatlammg almashuvi ro‘y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo‘ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo‘ladi, degan fikri noto‘g‘ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo‘lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to‘g‘risidagi ta’limot merkantilistlaming qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo'ldi. Bu holat, shu bilan, birga fiziokratlardan boylik manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo F.Kene miqdorli qiymatlaming almashuvi sababini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to‘la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlaming iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to‘g‘risidagi ta’limot markaziy o‘rin egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kene «sof mahsulot» faqat qishloq xo‘jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari miqdori ko'payishini ta’kidlaydi. Sanoatda esa iste’mol qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o'zgaradi, lekin uning miqdori ko‘paymaydi, shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo‘lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto‘g‘ri mantiq bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo‘shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Tyurgo esa bu sinfga yuqori baho berib, «haq to‘lanadigan sinf» deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste’mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga tenglashtiiganlar (almashuv qiymati ham bor). Ulami faqat miqdoriy soha, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste’mol qiymatlarining oitiqcha qiymati (iste’mol qilingandan ortig‘i) qiziqtiigan. Bu narsa asosan dehqonchilikda aniq namoyon bo‘ladi. Ammo F.Kene ta’Iimotining boshqa tomoni ham bor. Uning fikricha, «sof mahsulot» miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liqdir, bu chiqimlaiga xomashyo sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. Materiallaming qiymati belgilanganligi tufayli, ish haqi tirikchilikning minimum xarajatlariga keltirilgan ekan, «sof mahsulot» (qo‘shimcha qiymat) qo'shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo‘shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi, ya’ni dehqonlaming qo‘shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar (qo'shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlaming bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste’mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo'shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo'lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go'yoki odatdagi ish haqidan o‘zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to‘la iste’mol qilingan.
Fiziokratlaming «unwnh» va mnumsiz» mehnat to'g'risidagi ta’limoti «sof mahsulot» to'g'risidagi ta’iimot bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, lining mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumli bo'ladi, ya’ni qo'shim- cha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to‘g‘risidagi masalagaprinsi pial to‘g‘ri yondashish yo‘li edi Ammo renta qo'shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan bir unumli mehnat deb hisoblanadi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat unumsiz», ya’ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi qo‘yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo‘llanmasin, qo'shimcha qiymat yaratadi.
F.Kene «50/mahsulot» to'g'risidagi o‘z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga boMadi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo'jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya’ni «sof mahsulot» yaratuvchilaming hammasi kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to'lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqiarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to‘g‘risidagi bu ta’limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko‘ra bilmaydi, to‘g‘rirog‘i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o‘sha davrda kam bo'Isa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to‘g‘risidagi ta’limotning bu kamchiliklaridan qat’i nazar, jamiyatni sinflarga bo‘lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko'rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlaming muhim xizmatlaridan bin shuki, ular birinchilardan bo‘lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapital» so‘zi qo‘llanilmagan, ammo yerlaming zaxini qochirish, ya’ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, boronauchun ma’lum tipdagi dastlabki avans (bo‘nak) hamda urug‘lik va ishchi-batraklaiga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan xarajat bir necha yilda bir marta bo‘lib, o‘z-o‘zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo‘lib, har bir hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ulami dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g‘oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo‘llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo‘jaligi qurollari va inventar, mol, umg‘lik, odamlaming tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kene merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullaming o‘zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya’ni tarixiy bo'lmagan kategoriya deb ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi, bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang'ich avans (bo'nak) hisoblanib, unga qishloq xo'jalik inventari, qurilish, mol va boshqalaiga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug‘lik olish, asosiy qishloq xo'jalik ishlari, ishchi kuchi uchun xarajatlar kiradi.
Boshlang'ich avans bilan bog'liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yillar) vaqt ichida to‘la aylansa, yillik avansga sarflangan kapital bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to‘la aylanadi. Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to‘g‘risidagi g‘oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so‘zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo'lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog'lagan holda beigan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo‘shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun birinchilardan bo‘lib urinib ko'rdi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo'ladi: birinchisi — unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi — mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Jqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning awalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758- 1759-yillarda chop etilgan. 1894-yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi variant bo'yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro‘y beradi: qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo'lib, shundan 3 mingi yemi ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta’mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to'lanadi.
Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rinishda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Bu jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo‘ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun bu summa egalariga (yer ulamiki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq xo'jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibat- da fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yo‘l bilan boshlang‘ich holatga qaytadilar.
Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo'yicha ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontevning «xarajatlar - chiqarishlar» jadvalini eslatadi. Xuddi Leontev tizimidek ma’lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to'lovlari bilan to‘la qoplanadi.
XULOSA XVII-XVIII asrlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g'oyalar V.Petti nomi bilan bog'liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar).
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g‘oya — merkantilizmdan prinsipial farq qiladi. Agar merkantilizmda boylik- ning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga keladi deb qaralgan bo‘lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi. V. Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlami himoya qildi, xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi.
U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlami, ya’ni abstrakt usullami qo‘llab, har bir masalaning ichki bog'liqligiga asosiy e’tibomi qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti «tabiiy baho» (qiymat), «siyosiy baho» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan oMchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir» degan fikmi bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo'lgan jismoniy minimum, ya’ni «yashash, mehnat qilish va ko‘payish* uchun kerak darajada to'lansa bas, degan g'oyani ilgarisurdi.
Kapitalistlaming foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilaming soliq to‘lashlarini zarur deb bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri hal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionaШgini aniqladi. Pulning me’yorda bo'lishini qo‘llab- quwatladi. Yerva renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va remaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to‘g‘ri hal etmadi).
Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog‘i demografik statistika faniga asos soldi. «Aholi - boylik asosi» masalasini to‘g‘ri qo'ydi. Milliy daromad masalasini qo‘ydi va uni qisman hal etdi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g'oyalami ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber asosan qishloq xo'jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muhim xulosalarlarini chiqardi.
Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholami qo'lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to'g'ri tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo'ldi, oltin va kumushlami yovuzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qisltloq xo‘jaligini qoilab-quwatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor qildi.
Buagilbeming iqtisodiy islohotlari bo‘yicha takliflari o‘z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
XVIII asming o'rtalarida Fransiyada iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratizm yo'nalishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vakillari F.Kene va ATyurgo mamlakatdagi o'sha davr iqtisodiy holatini har tomonlama tahlil etib, iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo'yicha qimmatli fikrlar berdilar. Ular fermer- lami himoya qilgan holda, awalo, merkantilizmdan voz kechib, boylikning asosiy manbayi mehnat va yer ekanligini ko'rsatdilar. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mehnat», «sof mahsulot», kapital to'g'risidagi ta’limotlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi «tabiiy hoi» deb tan olindi.
Ulaming fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo'lib, hatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraJadi. Bunday noto'g'ri fikrning paydo bo'lishi Fransiyaning o'sha davrdagi iqtisodiy ahvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchasining kiritilishi va uning boshlang'ich va yillik bo'nak kabi ikki qismga bo'linishi iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g'oyalari ham kelib chiqadi.
F.Kenening «Iqtisodiy jadval» asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo rivoj- lantirib, o‘sha davr uchun to‘g‘ri qisqacha xulosalarlar chiqaradi. Takror (uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga qo'yiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning aylanish tamoyillari ko'rsatiladi, bu o‘sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo'lishi zarurligi qayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim.
Olim va davlat arbobi A.Tyurgoning iqtisodiy g'oyalari ancha mukammal bo'lib, o'sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayon- lami ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi.
A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo'shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida Fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda fiziokratizm qobig'idan chiqa olmaydi, qo'shimcha mahsulotning asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Tyurgo moliya vaziri sifatida bir qancha iqtisodiy islohotlami o'tkazishga erishadi. Ammo mamlakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga to'siq edi. Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo'lladilar, ammo ulaming g'oyasi, asosan, qishloq xo'jaligi bilan cheklab qo'yildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan hal etildi.