Iqtisodiyot va biznes sohasida axborot texnologiyalari roli


Iqtisodiy obyektni boshqarishda qaror qabul qilish



Yüklə 17,78 Mb.
səhifə12/20
tarix28.11.2023
ölçüsü17,78 Mb.
#168351
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
taqdimot

Iqtisodiy obyektni boshqarishda qaror qabul qilish

Qaror qabul qilish xususiyatlari

  • Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatish qaror qabul qilish (Decision Making) deb ataladi.
  • Qarorning shakllanish jarayoni esa – qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Iqtisodiy obyektni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
  • Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi iqtisodiy obyektning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va xatto axborot tizimining butun boshli sinfi - qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Boshqarish darajalarining o‘zaro ta’siri

  • Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish - iqtisodiy obyekt axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir.

Qaror qabul qilish

  • Muammoni hal qilish (Problem Solving)
  • har qanday biznes tashkiloti uchun muhim faoliyatdir.
  • Muammoni aniqlagandan so‘ng, muammoni hal qilish jarayoni qaror qabul qilishdan boshlanadi.
  • Muammoni hal qilish - qaror qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u yechim kuchga kirganda amalga oshirish bosqichini ham o‘z ichiga oladi.
  • Muammoni hal qilish jarayonining yakuniy bosqichi monitoring bosqichidir.
  • Ushbu bosqichda qaror qabul qiluvchilar kutilgan natijalarga erishilganligini aniqlash va yangi axborotlar asosida jarayonni o‘zgartirish zaruratini baholaydilar.

Iqtisodiyotda Avtomatlashtirilgan Axborot Tizimlari

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining konseptual va funksional modeli

  • Tashkilot (korxona)ni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi – tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo‘ljallangan standart protseduralar, xodimlar, dasturiy vositalar, asbob – uskuna, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan majmuidir.
  • Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
  • Axborot tizimining funksional modeli
  • Funksional sohalarning har biri uchun ma’lumotlarga turli xil ehtiyojlar mavjud: operatsion darajasi, taktik (boshqaruv) darajasi va strategik darajasida

Yüklə 17,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin