Iqtisodiyot va biznes sohasida axborot texnologiyalari roli


Biznes jarayonlar va vazifalar



Yüklə 17,78 Mb.
səhifə13/20
tarix28.11.2023
ölçüsü17,78 Mb.
#168351
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
taqdimot

Biznes jarayonlar va vazifalar

  • Biznes faoliyati amalga oshirilishi turli vazifalar bajarilishi bilan bog’liq:
    • Ishlab chiqarish va mahsulot yaratish
    • Savdo va marketing
    • Inson resurslari
    • Moliya va buxgalteriya
  • Bunday vazifalar (funksiyalar) odatda biznes jarayonlariga birlashtirilgan biznes masalalari to'plami orqali amalga oshiriladi.
  • Biznes jarayonlariga misollar:
    • Mahsulotni yig'ish
    • Xodimni ishga olish
    • Ta’minotchiga buyurtma berish

Faoliyat Muhiti

  • Barcha tashkilotlar iqtisodiy tizimda mavjud bo’lib, o’z faoliyatini amalga oshiradi.
  • Iqtisodiy tizimlarda qiymat hosil qiluvchi 3 ta asosiy jarayon mavjud:
    • Ishlab chiqarish - mahsulotlarni yaratish bilan bog'liq.
    • Taqsimlash yoki tarqatish - bu mahsulotlarni yig'ish, saqlash va iste'molchilar qo'liga yetkazish va iste'molchilarga xizmatlar ko'rsatish jarayoni
    • Iste'mol - bu tovarlar va xizmatlarni sotib olish va ulardan foydalanish.
  • Tashkilotning biznes yoki iqtisodiy faoliyat muhiti uning va mijozlar, yetkazib beruvchilar va raqobatchilar kabi bir qator asosiy turdagi iqtisodiy ishtirokchilar o'rtasidagi faoliyat va munosabatlar sifatida qaralishi mumkin.

Axborot tizimlarining strategik biznes maqsadlari

  • Axborot tizimlari ilg‘or mamlakatlarda kundalik biznesni yuritish, shuningdek, biznesning strategik maqsadlariga erishish uchun zarurdir.
  • Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini axborot tizimlariga katta investitsiyalarsiz deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydi. Amazon, eBay, Google va E-Trade kabi elektron tijorat firmalari mavjud bo‘lmas edi.
  • Bugungi xizmat ko‘rsatish sohalari - moliya, sug‘urta va ko‘chmas mulk, shuningdek, sayohat, tibbiyot va ta’lim xizmatlari axborot tizimlarisiz ishlay olmaydi.
  • Operatsion mukammallik
  • Korxonalar yuqori rentabellikka erishish uchun doimiy ravishda o‘z faoliyati samaradorligini oshirishga intiladi.
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari, ayniqsa biznes amaliyotlari va boshqaruv xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlar bilan birgalikda, biznes operatsiyalarida yuqori samaradorlik va mahsuldorlikka erishish uchun menejerlar uchun mavjud bo‘lgan eng muhim vositalardan biridir.
  • Yangi mahsulotlar, xizmatlar va biznes modellari
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari tashkilot (korxona)lar uchun yangi mahsulot va xizmatlar, shuningdek, mutlaqo yangi biznes modellarini yaratish uchun asosiy vositadir.
  • Biznes modeli kompaniyaning daromad yaratish uchun mahsulot yoki xizmatni qanday ishlab chiqarishi, yetkazib berishi va sotishini tavsiflaydi.
  • Mijoz va yetkazib beruvchining yaqinligi
  • Agar kompaniya o‘z mijozlarini haqiqatan ham bilsa va ularga yaxshi xizmat ko‘rsatsa, mijozlar odatda qaytib kelishadi va mahsulot/xizmatni ko‘proq sotib olishadi. Bu daromad va foydani oshiradi. Yetkazib beruvchilar bilan ham xuddi shunday: korxona o‘z yetkazib beruvchilarini qanchalik ko‘p jalb qilsa, yetkazib beruvchilar haqiqiy ma’lumotlarni shunchalik yaxshi taqdim etishi mumkin. Bu xarajatlarni kamaytiradi.
  • Qaror qabul qilishni takomillashtirish
  • Ko‘pgina biznes menejerlari axborotlar noaniq bo’lgan sharoitlarda ishlaydilar, ular ongli qaror qabul qilish uchun kerakli vaqtda kerakli ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. Buning o‘rniga menejerlar prognozlar, eng yaxshi taxminlar va omadga tayanadilar.
  • Raqobat ustunligi
  • Tashkilot (korxona)lar o‘z faoliyati doirasida biznes maqsadlaridan biriga yoki bir nechtasiga erishganda - operatsion mukammallik; yangi mahsulotlar, xizmatlar va biznes modellari; mijoz/yetkazib beruvchining yaqinligi; va takomillashtirilgan qaror qabul qilishda - ehtimol ular allaqachon raqobatdosh ustunlikka erishgan bo‘ladi. Raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq ish yuritish, yuqori sifatli mahsulotlar uchun kamroq haq olish va real vaqt rejimida mijozlar hamda yetkazib beruvchilarga javob berish - bular yuqori savdo va daromadga olib keladi.
  • Omon qolish
  • Tashkilot (korxona)lar axborot tizimlari va texnologiyalariga sarmoya kiritishlari muqarrar vazifa hisoblanadi, chunki ular biznes yuritish uchun zarurdir. Ba’zan bunday ‘zarurat’ sanoat darajasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Yüklə 17,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin