Iqtisodiyot va menejment
Mustaqillik yillarida qishloq xo‗jaligini isloh qilish bo‗yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini, yangi texnika va ilg‗or texnologiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashib bormoqda. Cheklangan yer va suv resurslaridan, kapitaldan va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda. Respublikamiz agrar tarmog‗ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‗zgarishlar natijasida qishloq xo‗jaligining asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlari barqaror o‗sib bormoqda. 25
Самарқанд вилояти;
53242,2
60000
50000
40000
30000
20000
2.2.1.-rasm. Samarqand viloyati va Tayloq tumanida eksport hajmi. Manba: Samarqand viloyat Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma‘lumotlari. 2.2.1-rasm ma‘lumotlariga ko‗ra, Tayloq tumanida asosan eksportga yo‗naltirilgan tovarlar oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo‗lib, bu ko‗rsatkich 2016 yilda 3915,5 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Samarqand viloyatida oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo‗lgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Xususan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va ilg‗or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug‗chilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli, shu bilan birga, puxta o‗ylangan ishlar amalga oshirildi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas, balki asosan intensiv rivojlanish, ya‘ni ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini oshirish hisobidan ta‘minlanmoqda. 26
15381,7 12275,3 2016 йил 41465,2 27657
Импорт
Экспорт
2017 йил прогноз
2.1.2.-rasm. Tayloq tumanida tovar aylanmasi hajmi. Manba: Samarqand viloyat Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma‘lumotlari. Tahlillar shuni ko‗rsatmoqdaki, tumanda tovar aylanmasi hajmi 2016 yilda 27657 ming AQSH dollarini tashkil etgan, 2017 yilda esa 41456,2 ming AQSH dollarini tashkil etilishi prognozlashtirilgan. Shuningdek, 2016 yilda eksport hajmi 12275,3 ming AQSH dollarini, import hajmi esa, 15381,7 ming AQSH dollarini tashkil etgan (2.3-rasm). 2.2. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo„lgan iste‟mol talablarining tahlili O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo hamjamiyati vakillari ishtirokida ―O‗zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari‖ mavzusida bo‗lib o‗tgan xalqaro konferensiya ochilish marosimida so‗zlagan nutqida ―Mustaqil taraqqiyotimizning o‗tgan qisqa davrida O‗zbekistonda amalga oshirilgan ulkan islohotlar qishloq xo‗jaligini tubdan diversifikatsiya qilish va aholimizni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗liq ta‘minlash, ularni katta miqdorda eksport qilishni yo‗lga qo‗yish imkonini berdi‖ deb alohida ta‘kidladi. Darhaqiqat, ushbu maqolada keltirilgan tahlillar mamlakatimizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashning ulkan zaxiralari mavjud ekanligini isbotlaydi. 27
Raqobat muhiti keskinlashib borgan sari iste‘mol bozorini o‗rganishga bo‗lgan ehtiyoj kuchayib boradi. Bu ehtiyoj esa bugungi kunda an‘anaviy marketing tadqiqotlarini o‗tkazish usullari bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy strategik qarorlarni qabul qilishda natijaviylikni ta‘minlash usullarini ham qo‗llashni taqozo etadi. Chunki bozorda savdo va aholining iste‘mol madaniyati tez rivojlanib borayotgan bir sharoitda, faqat marketing tadqiqotlarini o‗tkazib, aniqlik darajasi yuqori bo‗lgan sifatli natijalarga erishib bo‗lmaydi. Gap shundaki, iste‘mol bozorining rivojlanib borishi talab va taklif muvozanatini ta‘minlash va ayniqsa, talab darajasini aniq belgilagan holda, iste‘mol tovarlari taklifini (ishlab chiqarishni) doimo muvofiqlashtirib borishni talab etadi. Amalda aholi iste‘mol talabini uning soni hamda daromadlarining o‗sishi bilan bog‗liq holda aniqlangan variantlarning mavjudligi, bozorda baho o‗zgarishini, ishlab chiqarish uchun resurslar ajratishni (yer, mehnat va b.) tartibga solish imkoniyatini beradi. Shu nuqtai nazardan, hududlar aholisini iste‘mol tovarlariga, birinchi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabini aniqlash amaliy jihatdan uy xo‗jaliklari rivojlanishini, ayniqsa, ularni ishlab chiqarish resurslariga bo‗lgan ehtiyojini bilish, daromad va harajatlari tarkibini prognozlashga asos bo‗lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, uy xo‗jaliklarining oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat tovarlariga bo‗lgan iste‘mol talablarini aniqlash uchun amaliy jihatdan ham sodda, ham ilmiy asoslangan normativ usulidan foydalanish mumkin. Bunday yondashuv mamlakatimizda aholining eng kam (minimal) iste‘mol byudjetini hisoblash uchun qator yillar davomida qo‗llanilib kelinadi. Ushbu yondashuv asosini har bir mahsulot turi bo‗yicha tabaqalashtirilgan me‘yorlar tashkil etadi. Me‘yorlar O‗zbekiston aholisi uchun belgilangan ratsional tibbiy me‘yorlardan farq qilib, ular mamlakat aholisining to‗lov qobiliyatini hamda iste‘mol qilinadigan mahsulotning respublikada ishlab chiqarilishi yoki import qilinishini hisobga oladi va ular ma‘lum ozuqa birligini (kilokaloriya) ta‘minlaydi. 28
Ushbu qoidalardan kelib chiqib, uy xo‗jaliklarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabi ikki xil me‘yorlar, ya‘ni minimal iste‘mol byudjetini hisoblash me‘yorlari hamda ratsional tibbiy me‘yorlardan foydalangan holda hisoblandi (2.2.1-jadval). Yüklə 0,8 Mb. Dostları ilə paylaş: |