Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. N.P. Tereshina va A.V. Sorokinalarning “Korporativ
boshqarush” o‘quv qo‘llanmasida “Aksiyadorlik ja-
miyatlari mamlakat iqtisodiyotida, moliyaviy man-
balarining taqsimlanishi va iqtisodiyotda bo‘sh
mablag‘lardan samarali foydalanishi orqali yuzaga
keladi[1]” deya ta’kidlagan.
Bob Tricker o‘zining “Korporativ boshqaruv,
tamoyillar, siyosat va amaliyot” asarida “Aksidorlik
jamiyatlarida xavf va inqirozni boshqarish o‘rtasi-
dagi farqlarni keltirib o‘tgan” [2].
N. Ansoff ta’rifiga ko‘ra, korporatsiya bu –
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiyo-
ti rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, yuri-
dik maqomi, ishbilarmonlik mulki va yollanib ish-
laydigan professional boshqaruvchilarning yuqori
bo‘g‘inida boshqaruv funksiyalarini ko‘zda tutadi-
gan shaklidir[3].
D. M. Rozenbergning hisoblashicha, korporat-
siya bu – o‘z oldiga belgilangan maqsadlarni qo‘y-
gan, jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan,
belgilangan huquqlarga ega, doimiy asosda faoliyat
ko‘rsatadigan va cheklangan mas’uliyatga ega yuri-
dik shaxs hisoblangan tashkilotdir[4].
Aynan korporatsiyalar sanoati rivojlangan
mamlakatlar iqtisodiy kuchining, milliy iqtisodiyot-
larning jahon bozoridagi raqobatbardoshligining
asosini tashkil qilishini tan olish lozim. Bu haqda
quyidagi dalil ham guvohlik beradi: garchi yirik
korporatsiyalar zimmasiga tadbirkorlik tuzilmalari
tarkibida kichik ulush to‘g‘ri kelsada, aynan ular
milliy iqtisodiyotning yuzi va sifatini, uning jahon
xo‘jaligidagi raqobatbardoshligini belgilab beradi.
Masalan, AQShda korporatsiyalar sanoat fir-
malari umumiy sonining atigi 18 foizini tashkil etsa-
da, biroq bunda sanoat mahsulotlari hajmining 90
foizini ishlab chiqaradi. Shu sababli, Dj. К. Gelbreyt
va boshqa bir qator tadqiqotchilar yirik korporativ
tuzilmalarni sanoat tizimining asosi sifatida ko‘rib
chiqadilar[5].
M.G‘. Umarxodjaeva, A.R. Ismailovlar ham-
muallifligida "Korporativ boshqaruv" o‘quv qo‘llan-
masida “Korporativ boshqaruvda xalqaro tamoyil-
lari, korporativ nazoratning shakllari va modellari,
korporativ boshqaruvning Ingliz-Amerika modellari
orqali boshqaruvning samaradorligini bir necha
marta oshirish imkoniyati yaratiladi”[6] deya kelti-
rib o‘tgan.
Ta’kidlash joizki, korporatsiyalarning shakl-
lanishi va rivojlanishi milliy iqtisodiyotning rivoj-
lanish tendensiyasi hisoblanadi, chunki yirik korpo-
rativ tizimlar rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti-
ning ham, butun jahon xo‘jaligining ham asosini
tashkil qiladi. Ular ishlab chiqarishni makroiqtiso-
diy tartibga solishni optimallashtiradi, iqtisodiyotni
modernizasiyalash strategiyasini shakllantirish va
amalga oshirishda davlatning hamkori sifatida ishti-
rok etadi.
Кorporasiyalarning u yoki bu mamlakat
iqtisodiy tizimidagi o‘rni va roli ularning umumiy
takror ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati, uning
resurslar bilan ta’minlanganligi bilan belgilanadi.
Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishni yuqori darajada
umumlashtirish, kapitalni birlashtirish va markaz-
lashtirishga asoslanadi. U sanoat ishlab chiqarish
salohiyatining negizini tashkil qiladi.