Iqtisodiyot va ta'lim / 2022 yil 1-son
108
log va iqtisodchi Y. Shumpeter o‘zining «Iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi» kitobida “tadbirkor iqtisodiy
omil sifatida ahamiyati bo‘yicha kapital, mehnat va
yer bilan bir xil darajada turadi”[13], deb ta’kid-
lagan.
Кorporativ boshqaruv sohasidagi O‘zbekiston
olimlari va mutaxassislarining ta’kidlashicha, mam-
lakatda korporativ munosabatlarning rivojlanish
jarayoni umuman olganda bozor munosabatlariga
o‘tish yo‘llari va ularning iqtisodiy rivojlanish xusu-
siyatiga ta’siri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq jihatlar-
ga tobora ega bo‘lib bormoqda. Aynan iqtisodiyot
tarmoqlarida olib borilgan islohotlar jarayoni ko‘p
jihatdan davlatning qonunchilik tizimi xususiyatlari,
iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik shart-sharoitlari
bilan bog‘liq bo‘lgan holda Aksiyadorlik jamiyatlari-
da korporativ boshqaruv modelini shakllanishi va
rivojlanishi bilan bog‘lanadi. Shulardan kelib chiqib
ishida milliy korporativ boshqaruv tizimini takomil-
lashtirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlovchi tamoyillarga mos vazifalari asoslangan
(1-rasm).
Кorporativ boshqarish tamoyillari talablarini
to‘liq bajarish Aksiyadorlik jamiyatiga eng kam sarf-
xarajat bilan katta miqdorda uzoqqa mo‘ljallangan
investisiyalar jalb etishni, yangi innovatsion tex-
nologiyalarni faol joriy etishni ta’minlaydi. Shuni
inobatga olganda korporativ boshqaruv organlari
Aksiyadorlar huquqlarini himoyalash, ularga bir xil
munosabatda bo‘lish, manfaatdor tomonlar ham-
korligini rag‘batlantirish, axborotlarni belgilangan
vaqtlarda to‘liq ochib berish, korxona menejmentini
nazorat qilishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal
etishning samarali mexanizmlarini qo‘llashni talab
etadi. Hozirgi paytda respublikamizda korporativ
boshqaruv modelining takomillashtirish va uni sa-
marali yuritishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatayotgan
omillar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
mamlakatdagi barqaror makroiqtisodiy va-
ziyat va iqtisodiy siyosat;
jamiyatda aktsiyalarga egalik qilishning
muayyan tuzilmasi;
moliyalashtirish manbalarining o‘zaro nisbati
qonunchilik tizimi va huquqiy madaniyat-
ning rivojlanish bosqichlari va zamonaviy xususi-
yatlari;
yuzaga kelgan ishbilarmonlik munosabatla-
ri amaliyoti;
davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi
va uning huquqiy tizimni tartibga solishdagi roli.
Dostları ilə paylaş: