Iqtisodiyot va ta'lim / 2022 yil 1-son
107
belgilangan. Tadqiqot ob’ekti sifatida O‘zbekiston-
ning asiyadorlik jamiyatlari misol qilib olingan.
Tahlil va natijalar.
Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan
bitimlarning umumiy hajmi 426,5 mlrd so‘mni
tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan
elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ
buyurtmachilarining qariyb 26,8 mlrd so‘mlik mab-
lag‘lari tejaldi. Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida
onlayn auksion orqali 2 272 ta avtoraqamlar sotildi,
sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy sum-
masi 4,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdo-
lar natijasida bitimlarning 2,9% birinchi toifadagi
avtoraqamlarga, 8,8% ikkinchi, 9,2% uchinchi,
12,9% to‘rtinchi, 20,0% beshinchi va 46,0% oltinchi
toifa avtoraqamlarga tegishlidir[7].
Birja savdolari. Ko‘rib chiqilayotgan davrda
ochiq birja savdolari orqali jami 1 027,6 mlrd so‘m-
lik tovar resurslari sotildi. 2021 yil avgust oyi ma’-
lumotlariga ko‘ra sotuvchi korxonalar mahsulot-
larni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda
birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Paxta yog‘i. O‘tgan haftada birjaning paxta
yog‘i bozorida narxlarning pasayish holatlari kuza-
tildi. Xususan, 29-30 avgust kunlari birja savdolari
orqali 1 462,0 tonna paxta yog‘i sotilgan. O‘tgan uch
kun mobaynida barcha navli paxta yog‘ining kunlik
o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17
777,0 ming so‘mdan 17574,99 ming so‘mgacha,
ya’ni 1,16% ga pasaydi[8].
Paxta yog‘ining birjadagi narxlarini pasayishi-
ga mos tarzda texnik paxta chigiti va paxta yog‘ining
boshlang‘ich narxlarini sotuvchi-korxonalar tomo-
nidan pasaytirilganligi o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.
Xususan, ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta yog‘i-
ning boshlang‘ich narxi mahsulotning bir tonnasi
uchun o‘rtacha 15 375,6 ming so‘mdan 14 158,6
ming so‘mgacha, ya’ni 8% ga pasaygan.
Shakar ichki talab o‘sishda davom etmoqda.
Bu esa narxning sezilmas darajada ko‘tarilishiga
sabab bo‘ldi. Hafta davomida birja savdolariga 9
300,0 tonna shakar qo‘yildi va ushbu hajmning
barchasi, ya’ni 100% sotilgan. Ko‘rib chiqilayotgan
davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha
shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning
bir tonnasi uchun 7 253,4 ming so‘mdan 7 517,7
ming so‘mgacha, ya’ni 3,6% ga ko‘tarildi. O‘tkazilgan
birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-
kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik
narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 583,8 ming
so‘mni tashkil etdi[9].
Birjaning sement bozorida ichki talabning
o‘sishiga qaramasdan barqarorlik saqlanmoqda.
Xususan, sement bo‘yicha o‘tkazilgan birja savdola-
rida ishtirok etgan xaridorlarning o‘rtacha kunlik
soni avvalgi haftaga nisbatan 2,4% ga o‘sib, 714 ta
ishtirokchini tashkil qildi. O‘tgan haftada birja sav-
dolariga 161 026,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan
140 970,0 tonnasi, ya’ni 87,5% sotildi. O‘rtacha
kunlik sotuv hajmlari 46,9 ming tonnani tashkil
qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning bar-
cha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rta-
cha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 567,2
ming so‘mdan 571,9 ming so‘mgacha, ya’ni atigi
0,8% ga o‘sdi.
O‘tgan haftada birjada avtomobil benzinining
narxi biroz pasaydi. Narxlarning pasayishiga sotuv-
chi-korxonalar tomonidan boshlang‘ich narxlarning
pasaytirilganligi o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazdi. Xusu-
san, ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi-korxona-
lar AI-80 markali avtomobil benzinining boshlan-
g‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun
o‘rtacha 6 677,7 ming so‘mdan 6 641,7 ming so‘m-
gacha pasaytirishdi. Shu munosabat bilan, AI-80
markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi
ham mos tarzda 6 691,9 ming so‘mdan 6 683,5 ming
so‘mgacha pasaydi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-
80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik
kotirovkasi 6 676,4 ming so‘mni, AI-91 – 7 692,9
ming so‘mni tashkil etdi[10].
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-son
qaroriga muvofiq «O‘zbekneftgaz» AJ tasarufidagi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja
savdolariga qo‘yiladigan avtomobil benzinining
boshlang‘ich narxlari, jahon birjalardagi Brent nefti-
ning kotirovkalaridan kelib chiqib shakllanadi[11].
Tadbirkorlik iqtisodiy faoliyat sub’yektlari-
ning ishlab chiqarishni tashkil qilishga yo‘naltiril-
gan mustaqilligi, faolligi va tashabbuskorligiga asos-
langan ijtimoiy-iqtisodiy holatni ifodalaydi. Har
qanday tadbirkorlik faoliyati, jumladan, Aksiyador-
lik jamiyatlari (korporatsiyalar)ning asosiy maqsadi
bu – tadbirkorlik daromadi yoki foyda olish uchun
moddiy yoki boshqa ne’matlar ishlab chiqarish va
bozorda iste’molchilar orasida taqsimlashdir. Bun-
dan tashqari, shu bilan bir paytda tadbirkorlik yangi
ish o‘rinlari yaratish, davlat va mahalliy byudjet-
larni soliqlar to‘lash yo‘li bilan to‘ldirish kabi mu-
him ijtimoiy funksiyalarni bajaradi.
"O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo
birjasi" AJ aktivlari 2021-yil 3-chorakda 2020-yil-
ning shu davriga nisbatan 53,89 foizga o‘sib, 3,37
trillion so‘mni tashkil qildi. Kompaniya daromadi
209,15 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 20-yilning 3-
chorakiga nisbatan 61,08% ga ko‘pdir. Sof foyda 3-
chorakdagi 65,42 mlrd so‘mdan hozirgi 112,51 mlrd
so‘mga (+ 71,97%) o‘sdi. Kompaniyaning sof foyda
marjasi 2020-yil 3-chorakdagi 50,38 foizdan 2021
yilning mos davrida 53,79 foizgacha oshdi. Kompa-
niyaning yalpi marjasi ham 87,72 foizdan 90,40
foizga oshdi[12].
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, korporativ tad-
birkorlik uzoq shakllanish davrini bosib o‘tgan va
dunyo mamlakatlari ichida ushbu faoliyatning sa-
marali shakli sifatida tan olingan. Avstriyalik sotsio-
Dostları ilə paylaş: